Logo

Yo'lsozlar uchun ham qizg'in ish mavsumi boshlangan...

303 29-Aprel, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 2078 Kb)


Shu kecha-kunduzda tumanlar hamda olis qishloqlarida faoliyat yuritayotgan yo'lsozlar uchun ham qizg'in ish mavsumi davom etmoqda.


Jumladan, Jondor tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan "4N-192" "Navgadi–Tobogar–Yangichorbog'" avtomobil yo'lining 6-9 kilometrlarida tozalash va ta'mirlash ishlari olib borilib, ogohlaniruvchi ustunchalar va eskirib, yaroqsiz holga kelgan yo'l belgilari yangilandi. Shuningdek, "Ushot" MFY Madamboy qishlog'i aholisi talablaridan kelib chiqib, ichki yo'lning 400 metr qismi qayta tayyorlanib, tekislandi va unga 600 tonna atrofida qum-shag'al yotqizilib, risoladagidek yo'l qurilgani bu yerlik aholi uchun ham ko'pdan kutilgan ish bo'ldi.


Mazkur tumanning "Istiqlol" MFY ichki yo'lini ta'mirlash ishlari yil boshidan rejalashtirilgan edi. Bugunga kelib, mazkur mahallaning Pasana qishlog'idagi tuproq yo'lning 300 metr qismi shag'allashtirilib, yo'l asosini kengaytirish ishlari sifatli amalga oshirildi. Yo'lsozlar jamoasi va jalb qilingan maxsus texnikalar vositasida bu yo'lga 650 tn.dan ortiq qum-shag'al aralashmasi yotqizilib, zichlandi.

Huddi shunday, Buxoro ko'priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan bir necha oydirki, "M-37" "Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining 241-261 kilometr qismlarida, qayta qurish ob'ektining 248-249-kilometrlari asosini qurish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Bu jarayonda yigirmaga yaqin yo'lsoz va maxsus mexanizatsiyalashgan transport vositasi kuchi bilan yo'l asosini qurish ishlarida 350 kub metr saralangan tosh-shag'al yotqizildi.


Shu kunlarda mazkur ko'priksozlar jamoasi tomonidan "4R-652" hamda "4R-63 avtomobil yo'lining 49-kilometri, "Azizobod — Kogon" yo'nalishidagi avtomobil yo'lining 43-46 kilometrlari qismini to'la ta'mirlash bo'yicha keng ko'lamdagi ishlar boshlangan. Bu ob'ektda o'ttizga yaqin ishchi-mutaxassis hamda maxsus texnika va mexanizmlar yordamida monolit betondan piyodalar yurish yo'lagini qurish ishlari olib borilmokda.

Bundan tashqari, Vobkent tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 4K-160 umumfoydalanuv avtomobil yo'lining 49-50 kilometrlarida, ya'ni "Kosari" MFY dan o'tgan yo'l yuzasiga sirtqi ishlov berish ishlari bajarilib, bunda 60 tonna issiq asfaltbeton xom ashyosi sarflanib, yo'l o'tkazish imkoniyatlarini yaxshilash, transport harakati xavfsizligini ta'minlash uchun nimaiki zarur bo'lsa, barcha chora-tadbir ko'rilmoqda.

Yo'l obodligi borasida Romitan tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, bu borada ichki yo'llar ham bosqichma-bosqich ta'mirlanib, asfalt qilinayotgani aholiga qulaylik yaratmoqda. Xususan, tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi jamoasi tomonidan markaziy avtomobil yo'llarining qatnov qismini yaxshilash, avtotransportlar harakatini xavfsiz va to'xtovsiz tashkil etish, yo'l ravonligini ta'minlash maqsadida jadal ishlar amalga oshirilmoqda.


Shuningdek, "Bobur" mahallasining "Nurafshon" ko'chasi talab darajasida ta'mirlanib, asfalt yotqizildi. Hududda jami 250 metr masofa asfaltlashtirilib, mahalla ko'chasi ko'rkam qiyofa kasb etdi. Bunda yo'lsozlarning 20 ga yaqin ishchi-mutaxassisi, 10 ga yaqin maxsus transport vositasi kuchidan unumli foydalanildi. Navbatdagi manzil esa "Qalaychorbog'" mahallasining ichki yo'llari bo'ladi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali