Logo

Xalq aytsa, qolib aytmas: Ko'prik qurgan savob ish

1156 6-Aprel, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 366 Kb)


Yaqinda Taxiyatosh tumanidagi 4 N-53 "4 K-4 Avtomobil yo'li Taxiyatosh tumani – Naymanko'l DFX-Turkmanston Respublikasi chegarasiga" avtomobil yo'lining 0-km.da joylashgan ko'prikda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik. Hozirda ushbu ko'prikda joriy ta'mirlash ishlari yakuniga yetgan.  


Xalqimizning "Yo'l qurgan, ko'prik qurgan savob" deganidek taxiyatoshlik yo'lsozlar tomonidan ushbu ezgu ish bajarildi. Ko'prikning ikki tomoniga xavfsizlik to'siqlari o'rnatilib, ko'prik usti plitalariga ishlov berildi. Mustahkamligini oshirish uchun beton quyilib, mahkamlandi va bir tekis asfalt yotqizildi. 


Endi naymanko'lliklar behatar ko'prikdan foydalana oladi. Bu borada Taxiyatosh tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasining ishchilari fidokorona mehnat qilib, peshona terini singdirgan.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali