Logo

Tadbirkorlar va manfaatdor xo'jalik yurituvchi sub'ektlar diqqatiga!

6601 23-Aprel, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13martdagi 59-sonli "2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiyabirjasini tashkillashtirish hamda o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"giqarori ijrosi yuzasidan "O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi korxonalar joriy yilning29 aprel - 1 may kunlari "O'zekspomarkaz" MKM hududida o'tkaziladigan tarmoqsanoat yarmarkasida ishtirok etadi.

Yarmarkaning asosiy maqsadi – sohada faoliyat yurituvchikorxonalarga ishlab chiqarishdagi uzoq muddatli o'zaro aloqalarda hamda qaytaishlangan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni, tayyor mahsulotlarniyetkazib berishda ko'maklashish, shuningdek, tarmoq va tarmoqlararokooperatsiyani rivojlantirish yo'li bilan yangitdan ishlab chiqarilayotganmahsulotlar bilan yaqindan tanishishdir.

Tarmoq sanoat yarmarkasida "O'zavtoyo'l" DAK tarkibidagikorxonalardan tashqari "O'zbekiston havo yo'llari" MAK, "O'zbekiston temiryo'llari" DATK, "O'zqurilishmateriallari" AK, "O'zmontajmaxsusqurilish" hamda"Toshshahartransxizmat" uyushmalari tizimlariga kiruvchi korxonalar,shuningdek, kichik va xususiy biznes vakillari qatnashib, ishlab chiqarishsalohiyatlarini namoyish etishadi.

  Korxona va tashkilotlar o'zlarining texnik vatexnologik imkoniyatlarini yanada yaqqol namoyish etishlari uchun uch kunmobaynida ular tomonidan taqdimotlar o'tkaziladi.

Yarmarka o'tkazilayotgan kunlarda "O'zavtoyo'l" DAKtarkibidagi korxonalar tomonidan 32 turdagi mahsulotlar namoyishi tashkiletiladi.

 "O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali