Logo

"SWARCO" korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

6383 9-Sentyabr, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 16 Kb)


"O'zavtoyo'l" DAK rahbariyati bilan Avstriyaning "SWARCO" korporatsiyasi kuzatuv kengashi a'zolari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda kelgusida yo'l xo'jaligi sohasida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan hamkorlik masalalari muhokama etildi. Xorijiy delegatsiya rahbari, "SWARCO" korporatsiyasi kuzatuv kengashining a'zosi Aleksandr Svarovskining ta'kidlashicha, korporatsiya intellektual transport boshqaruvi tizimlari ishlab chiqarish va uni amaliyotga joriy etishda jahonda ko'zga ko'ringan kompaniyalardan sanaladi. Kompaniya yo'l usti chiziqlari uchun bo'yoqlar, svetodiod mahsulotlar ishlab chiqarishda, shuningdek, yo'l harakatini intellektual boshqarish tizimlarini amaliyotga joriy etishda anchagina tajribaga ega.

Ma'lumot o'rnida qayd etish mumkinki, korporatsiya jahonning 20 ta davlatida 80 dan ortiq kompaniyalarga ega. "SWARCO"ning yo'l harakatini boshqarish tizimlari Yevropaning Budapesht, Berlin, Stokgolm va boshqa yirik shaharlarida amaliyotga joriy qilingan va o'zini oqlagan.

 "O'zavtoyul" kompaniyasi boshqaruvi raisi A.Abduvaliev o'z so'zida bu kabi amaliy uchrashuvlar foydadan xoli emasligini ta'kidladi.

Uchrashuv davomida "O'zavtoyo'l" DAK rahbariyati tomonidan -Respublikadagi yo'l usti chiziqlari uchun bo'yoq mahsulotlari va o'zidan yorug'lik chiqaradigan yo'l belgilari sifatini yanada yaxshilash, shuningdek, bu kabi mahsulotlarni keng miqyosda ishlab chiqarishga ehtiyoj borgan sari ortib borayotganini inobatga olgan holda, shu turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxonalar barpo etish imkoniyatlarini ko'rib chiqish taklif etildi.

Tomonlar hamkorlik masalalarini istiqbolda ham muhokama qilishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishdi. 

"Uzavtoyul" AK Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali