Logo

QIZIQISH BILDIRISH SO'ROVNOMASI

646 6-Oktyabr, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 11 Kb)

Mamlakat: O'zbekiston Respublikasi

Loyiha: Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida "Darband–Boysun–Elbayon" avtomobil yo'lining 5-70 km qismini va 4R100 "Mang'uzor–Jarqo'rg'on–Bandixon–Oltinsoy–Denov" avtomobil yo'lining 128-174 km qismini rekonstruktsiya qilish

Soha: Gender masalalari bo'yicha milliy mutaxassis

Paket raqami: SRRP/ICS/GS

Konsultant turi: Individual

Manba: Milliy

Tanlash usuli: Individual konsultant tanlovi


    O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi gender masalalari bo'yicha milliy mutaxassis tanlovini e'lon qiladi.

    Mutaxassis OTB tartib va qoidlaraiga muvofiq tanlab olinadi.

    Mutaxassisga qo'yilgan malaka talablari: Mutaxassis gender tadqiqotlari, ijtimoiy faoliyat, jamiyatni rivojlantirish, sotsiologiya, psixologiya kabi tegishli sohalardan birida kamida magistr darajasiga, shuningdek, infratuzilma loyihalarini ishlab chiqishda gender masalalaridagi harakatlar va tashabbuslarini keng tadbiq qilish va/yoki amalga oshirish bo'yicha 5 yildan kam bo'lmagan ish tajribasiga, shu bilan bir qatorda, gender masalalariga oid dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha tegishli tajribaga hamda odamlar bilan kuchli aloqa qobiliyatlariga, mukammal og'zaki va yozma muloqot qobiliyatlariga ega bo'lishi lozim.

    Qiziqish bildirmoqchi bo'lgan konsultantlar xizmat ko'rsatish uchun zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanliklarini ko'rsatadigan ma'lumotlarni taqdim etishlari kerak.

    Batafsil ma'lumot va texnik topshiriqni OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimidagi (CMS) Konsultant xizmatlarini jalb qilish to'g'risidagi xabarnoma (CSRN)dan olish mumkin, shuningdek qiziqish bildirishnomalari OTBning konsultantlarni boshqaruv tizimi www.cms.adb.orgorqali 2022 yil 7 noyabrga qadar yuborilishi lozim.

Qo'shimcha ma'lumotni quyida ko'rsatilgan manzildan olish mumkin:

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68

Telefon: (99871) 268-99-68

Elektron manzil: surkhandarya.project@gmail.com

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali