Logo

QAROR VA IJRO

695 17-May, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 3360 Kb)


Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi 4r176a "Nukus temir yo'l stantsiyasiga" avtomobil yo'lining 0-10 km (1-bosqich 5-10 km) qismini rekonstruktsiya qilish ob'ektida 2021 yil Investitsiya Dasturiga ko'ra amalga oshirilmoqda.


Pudratchi — Qoraqalpog'iston YMFUK, 

Loyihachi — "QQavtojoljoybar" MChJ. 

Ushbu loyihaga binoan, avtomobil yo'li Ib toifa va shahar tipiga moslashtirilib quriladi va kengligi 30 metrni, 4 ta qatnov qismdan iborat bo'ladi. 

Avtomobil yo'lining yo'l to'shamasi quyidagilardan tashkil topgan:

- qoplamaning ustki qatlami 5 sm qalinlikdagi mayda donali zich asfaltobeton;

- qoplamaning ostki qatlami 9 sm qalinlikdagi yirik donali g'ovak asfaltobeton;

- asosning ustki qatlami 16 sm qalinlikdagi mavjud qoplamani qirqib olingan materialni chaqiqtosh bilan aralashmasi (zaklinka usulida); 

- asosning ostki qatlami 18 sm qalinlikda chaqiqtosh-qumga mavjud qoplamani qirqib olingan material aralashmasidan iborat (zaklinka usulida).

Shuningdek, ushbu avtomobil yo'lida tutashmalar, yo'l belgilari, piyodalar yo'laklari hamda avtobus bekatlari quriladi.

Ushbu ob'ekt o'tuvchi bo'lib, rekonstruktsiya qilish ishlari xalqaro standartlar asosida bajarilmoqda. Ob'ektda joriy yilda shartnomaga muvofiq jami 15000 mln.so'mlik rekonstruktsiya qilish ishlari bajarilishi belgilangan. Joriy yilning o'tgan yanvar-aprel oylarida ob'ektda 1970,3 mln.so'mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Hozirda ob'ektdagi piyodalar ko'prigi qurilishi yakunlangan.


Avtomobil yo'lining toifasi shahar tipiga to'liq o'tkaziladi. Yo'lning o'tkazuvchanlik qobiliyati 7000 dan 14000 dona/kuniga oshishiga erishiladi hamda yo'l to'shamasi xizmat muddati uzaytiriladi.  

Ob'ektdagi yer usti piyodalar o'tish yo'lagi PK83+27,50 da joylashgan bo'lib, uzunligi 67,38 metrni va 2 ta tushish joyi umumiy uzunligi 40,38 m tashkil etadi. Ushbu yer usti piyodalar o'tish yo'lagida temir panjara, yoritish tizimi, plitkalar va yuqori qismi leksan bilan qoplangan. 

Ushbu yer usti piyodalar o'tish yo'lagi foydalanishga topshirilishi natijasida piyodalarning xavfsizligi ta'minlandi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali