Logo

QAMCHIQ DOVONIDA QOR YOG'MOQDA

238 16-Noyabr, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 517 Kb)


A-373 "M-39 a/y Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon-Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining Qamchiq dovonidan o'tgan qismi 188-253 km.lar oralig'ida qor yog'moqda.


Qor yog'ib turgan paytda dovonda transport vositalarining beto'xtov ikki tomonlama harakatlanishi ta'minlash uchun "Qamchiqavtoyo'l" IYFUK tomonidan yo'l qoplamasida sirpanchiq bo'lmasligini oldini olish maqsadida tunu- kun yo'llarga qum-tuz aralashmasi sepish, yo'llarni qordan tozalash ishlari bajarilmoqda.


Hozirgi vaqtda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. Dovonda vaqti-vaqti bilan qor yog'ib, tuman tushish holati kuzatilmoqda. Yo'llarda ko'rinish 300 metrni, havo harorati - 4 daraja, namlik 66 foizni tashkil etmoqda. Shamol tezligi 2-11 m/s. Qamchiq" dovoni yo'lidan yuradigan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko'rishlarini tavsiya qilib qolamiz.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Axborot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali