Logo

"Qamchiq" dovonida avtotransport vositalarining xavfsiz o'tishi ta'minlandi

145 19-Noyabr, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 3204 Kb)


Avtomobil yo'llari qo'mitasi tizimidagi "Qamchiqavtoyo'l" ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 2020-2021-yillarning qishqi-qirovli kunlarida Toshkent – vodiy yo'nalishi bo'yicha "Qamchiq" dovonidan o'tuvchi yo'lda avtotransport vositalarning xavfsiz harakatlanishi ta'minlanmoqda. 

Shu maqsadda maxsus yo'l texnikalari shay holatga keltirilib, qum va tuzlarning zahiralari yetarlicha jamlanib, navbatchi ishchi xodimlarga shart-sharoitlar yaratildi.



O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazining 2020-yil 16-noyabr kuni taqdim etgan axborot xabarnomasidan kelib chiqib, 2020-yil 18-19-noyabr kunlari "Qamchiqavtoyo'l" ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan A-373 "M-39 Guliston – Bo'ka – Angren – Qo'qon – Andijon orqali – O'sh" avtomobil yo'lining 185-285 (108-208) kilometrida ishlar tashkil etilib, yo'lsozlarimizning kunu-tun davomida sa'y-harakatlari va tinimsiz mehnati bilan yo'llarda tozalash ishlari amalga oshirildi.



Shuningdek, yurtimizga sovuq havo oqimining kirib kelishi natijada "Qamchiq" dovonida tinimsiz yoqqan qorlarni tozalab, avtotransport vositalarning muntazam harakatlanishini ta'minlash maqsadida korxona tomonidan yo'llarni tozalash ishlariga 115 ta maxsus texnika hamda 400 dan ortiq ishchi-xodimlar jalb etildi. 


Ayni damda, "Qamchiq" dovonidan o'tuvchi hamyurtlarimiz hamda xorijiy avtotransport vositalarining ikki tomonlama muntazam qatnovi to'liq ta'minlangan.

Qo'mita matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali