Logo

"QAMCHIQ" DOVONIDA AVTOMOBILLAR HARAKATI QAYTA TIKLANDI

531 4-Yanvar, 2023 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


    Ob-havo keskin o'zgarib kuchli qor yog'ishi va O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan 2023 yil 4 yanvardagi
65-son byulleteniga ko'ra, soat 00:00 da A-373 "M-39 Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon-Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining 228-253 km.lar oralig'ida qor ko'chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli avtomobillar harakati vaqtincha to'xtatilgan edi.

    Yo'lsozlarimiz tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko'rilgan tezkor chora-tadbirlardan so'ng soat 10:00 da dovondan harakatlanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalari uchun ikki tomonlama harakat to'liq qayta tiklandi.

    O'z navbatida barcha avtotransport vositasi haydovchilariga ob-havo sharoitini hisobga olgan holda, yo'l harakati qoidalariga rioya qilib harakatlanishini tavsiya qilib qolamiz.

 

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Axborot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali