Logo

"O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasi

12-Aprel, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 26 Kb)

"O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasi

Shukurov Akbar Safarovich

Qabul kunlari: Juma 1600 - 1700

Toshkent shaxar 100000, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68-uy

+998 71 231-90-41


"O'zyo'lkokalamzorlashtirish" unitar korxonasining maqsadi va asosiy vazifalari

    Korxonaning asosiy maqsadi
  • o'zaro shartnomalar asosida avtomobil yo'llarining chetlarini obodonlashtirish, manzarali ko'chatlar ekish, avtomobil yo'llarining atrofini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish xisoblanadi.
  • Quyidagilar Korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llariga qarashli chegaradagi yo'l bo'yi hududlarni saklash;
  • avtomobil yo'llarining zamonaviy arxitektura-badiiy qurilishi va landshaft dizaynini, yashil ekin ekish va sug'orishning ilg'or va resurslarni tejovchi texnologiyalarini joriy etgan holda ishlab chikish va amalda qo'llash;
  • respublika xududlarida dekorativ o'simliklar ko'chatlarini yetkazib berishga, shu jumladan xorijdan dekorativ o'simliklarning yangi navlarini olib kelishga ixtisoslashgan dekorativ o'simliklar ko'chatxonalarini tashkil etish;
  • tegishli avtomobil yo'llari xududlarini ko'kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va kerakli darajada saqlash ishlariga, zarur hollarda ixtisoslashgan tashkilotlarni jalb etish;
  • yirik shaxarlarning markaziy ko'chalariga, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga kukalamzorlashtirish va usimliklarni parvarish qilish bo'yicha shartnomalar asosida xizmatlar ko'rsatish hamda qonun bilan ta'qiqlanmagan boshqa ishlarni bajarish;
  • o'zaro shartnomalar asosida avtomobil yo'llarining chetlarini obodonlashtirish, manzarali kuchatlar ekish, avtomobil yullarining atrofini obodonlashtirish va kukalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;
  • ko'kalamzorlashtirish ob'ektlariga xizmat ko'rsatish va ulardan foydalanish, daraxtlar, butalar, gullar va ko'kalamzorlashtirilgan maydonchalarni ta'mirlash xamda ular bo'yicha zarur agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
  • o'zaro shartnomalar asosida korxona va tashkilotlarga avtomobil yo'llarining chetlarini obodonlashtirish, manzarali ko'chatlar ekish, avtomobil yo'llarining atrofini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish xizmatlarini ko'rsatish;
  • ignabargli va manzarali o'simliklarning turlarini yetishtirish, ulardan foydalanish xamda ularni saqlab qolish ishlarining o'z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, yashil maysalarni yetishtirish, ularning zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashishga doir kompleks agrotexnika tadbirlarini, xizmat ko'rsatiladigan hududni yanada ko'kalamzorlashtirish va obod qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda sun'iy sug'orish va favvoralar tizimlaridan foydalanish;
  • ishlab chiqarishni texnikaviy va ashyoviy ta'minoti, aniq ish bajaruvchini tanlash, ish xaki to'lashni o'rnatilgan tartib va usullarni qo'llash, ishchi xizmatchilarni ijtimoiy ximoyalash va o'zini-o'zi boshqarish masalalarini mustaqil xal qilish, shuningdek, atrof-muxitni muxofaza qilish talablarini bajarish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
  • Korxona ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mehnat jamoalarining ijtimoiy xayotini yaxshilash uchun sharoitlar yaratish;
  • ulgurji, chakana savdo;
  • foyda olish maqsadida O'zbekistan Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish.
  • Lisenziya yoki maxsus ruxsat talab qilinadigan faoliyat turlari, o'rnatilgan tartibda lisenziya yoki maxsus ruxsat olingandan so'ng amalga oshiriladi.
  • Nizomni yuklab olish (pdf, 4000 kb)

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali