Logo

O'zbekiston xalqiga yangi yil tabrigi

9411 5-Yanvar, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 29 Kb)


Aziz vatandoshlarim! 

Mana shu fayzli oqshomda bayramdasturxoni atrofida to'planib o'tirgan siz, hurmatli yurtdoshlarimni, butunO'zbekiston xalqini yangi – 2016-yil bilan samimiy muborakbod etib,barchangizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga qut-barakatilashni o'zim uchun katta baxt, deb bilaman. 

Mana, azizlarim, qadrdonlarim,bugun biz vaqtning azim daryodek shiddat bilan o'tishiga yana bir bor guvohbo'lib, yangi yilga, hayotimizning yangi bir dovoniga qadam qo'ymoqdamiz. 

Ayni shu lahzalarda o'tayotganyilni kuzatar ekanmiz, yil davomida boshimizdan kechirgan, yon-atrofimizdabo'lib o'tgan tashvishli va quvonchli voqealarni, amalga oshirgan ishlarimiznibeixtiyor ko'z o'ngimizdan o'tkazamiz, shu kunlarga yetkazgani uchunYaratganimizga shukronalar bildiramiz. 

Mamlakatimiz hayotida yuzberayotgan beqiyos o'zgarishlarni, xonadonlarimiz, mahalla, shahar vaqishloqlarimiz, butun yurtimizning qiyofasi tobora obod va go'zal bo'libborayotganini hisobga olib, oxiriga yetayotgan yilimizga yakun yasab, xolisonaaytadigan bo'lsak, 2015-yil biz uchun har tomonlama xosiyatli va fayzli bo'ldi,deb aytishga barcha asoslarimiz bor. 

Bularning tasdig'i haqida gapirganda,ruxsatingiz bilan ayrim misol va raqamlarni keltirishni o'rinli, deb bilaman. 

Keyingi 11-yil davomidamamlakatimiz iqtisodiyoti jahondagi kamdan-kam davlatlar qatorida barqarorsur'atlar bilan rivojlanayotgani, shu jumladan, 2015-yilda ham yalpi ichkimahsulotimizning o'sishi 8 foizdan kam bo'lmaganining o'zi, haqiqatan ham,tarixiy bir voqeadir, desak, adashmagan bo'lamiz. 

Iqtisodiyotimizning yetakchi sohava tarmoqlari jadal taraqqiy topayotgani, yuqori texnologiyalarga asoslanganzamonaviy korxonalarning ishga tushirilayotgani, kichik biznes va xususiytadbirkorlikka keng yo'l ochib berilayotgani, axborot-kommunikatsiyatizimlarining hayotimizga faol joriy etilayotgani, mamlakatimizda ishlabchiqarilayotgan mahsulotlarning dunyo bozorida raqobatdoshligi ortibborayotgani – bularning barchasi biz erishayotgan yutuqlarning mustahkampoydevorini tashkil etmoqda. 

Qishloq xo'jaligi sohasidamirishkor dehqon va fermerlarimizning, turli qiyinchiliklarga qaramasdan, 7million 500 ming tonnadan ziyod g'alla, 3 million 350 ming tonna paxta, 14million 500 ming tonnaga yaqin sabzavot va poliz, 4 million 300 ming tonnabog'dorchilik mahsulotlari yetishtirgani bozor va do'konlarimizdagimo'l-ko'lchilikni, narx-navoning me'yorida bo'lishini ta'minlashga katta hissabo'lib qo'shildi va buning uchun dala mehnatkashlariga har qancha tahsin va tasannolaraytsak, arziydi. 

Ana shunday salmoqlinatijalarimiz 2015-yilda aholimizning real daromadlarini 9,6 foizga, ish haqi,pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini 21,9 foizga oshirish imkonini berdi. 

Shular qatorida xalqimizningma'naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish, ilmu fan, ta'lim-tarbiya,sog'liqni saqlash, madaniyat va sport, turli gumanitar tarmoqlarni yangi, zamontalab qiladigan bosqichga ko'tarish biz uchun doim ustuvor yo'nalishlarqatorida bo'lib kelmoqda. 

Lekin, agar bugungi zamon qandayshiddat bilan o'zgarib borayotganini hisobga oladigan bo'lsak, bu sohalarga,avvalo, ta'lim-tarbiya sohasiga e'tiborimizni yanada kuchaytirishimiz darkor. 

Chunki zamon o'zgarishi bilanodam, inson ham o'zgaradi, uning dunyoqarashi, hayotga, hayotdagi o'z roli vaburchiga munosabatlari va qarashlari bir holatda turmaydi. 

Ayniqsa, katta ishonch bilanhayotga kirib kelayotgan aziz farzandlarimizni jismoniy va ma'naviy jihatdanyetuk va barkamol insonlar etib tarbiyalash borasida amalga oshirayotgandasturlarimiz biz oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarga javob berishigaishonchimiz mustahkam bo'lishi zarur. 

Lo'nda qilib aytadigan bo'lsak,biz dunyodagi rivojlangan, demokratik davlatlar qatoriga ko'tarilishni engyuksak maqsadimiz sifatida qo'ygan ekanmiz, bunday o'ta muhim va mas'uliyatlivazifa, avvalambor, hal qiluvchi kuch bo'lib maydonga chiqayotgan, zamonaviybilim va tajribaga ega bo'lgan, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvarligi vahozirligi bilan ajralib turadigan yosh avlodimiz zimmasiga tushadi. 

O'rtaga qo'yilgan bunday ulkanvazifaning naqadar chuqurligini va mas'uliyatini hisobga oladigan bo'lsak,ta'lim-tarbiya sohasini rivojlantirishda mablag'imizni ham, o'zimizni hamayamasligimiz kerak, deb o'ylayman. 

Aziz do'stlarim, qadrli yurtdoshlarim! 

2015-yil mobaynidamamlakatimizning kuch-qudrati va salohiyatini, xalqimiz farovonligini yanadaoshirish, jahon maydonida Vatanimizning obro'-e'tiborini yuksaltirish yo'lidayangi-yangi marralarni zabt etganimiz, xalqaro miqyosdagi nufuzli reytinglardaO'zbekistonning yuqori o'rinlarni egallayotgani hammamizga g'urur va iftixorbag'ishlaydi. 

Tasavvur etishning o'zi ham qiyinbo'lgan ana shunday ulkan yutuqlarimizni sarhisob qilib, "Kecha kim edigu bugunkim bo'ldik?" degan nuqtai nazardan bosib o'tgan yo'limizni baholar ekanmiz,to'la ishonch bilan aytmoqchiman: bunday yuksak muvaffaqiyatlarning ijodkori vabunyodkori bo'lgan, ana shu natijalarga erishish yo'lida mashaqqatli sinovlardatoblangan, mard va tanti xalqimiz oldida, barcha-barcha vatandoshlarimiz oldidachin qalbdan ta'zim qilishni o'zim uchun katta sharaf deb hisoblayman. 

Muhtaram do'stlar! 

Mana shunday hayajonli vashukuhli damlarda har qaysi inson yangi yilni kutib olar ekan, ayni shudaqiqalarda qalbida, yuragida saqlab kelayotgan ezgu orzu-umidlarningushalishini, oilasi, yaqinlari, ona yurti tinch-omon bo'lishini, yangi yilyanada xayrli va barakali bo'lishini xayolidan o'tkazadi. 

Ishonchim komilki, kiribkelayotgan 2016-yilimiz 2015-yilga nisbatan kam bo'lmasdan, xosiyatli vasamarali bo'lishiga to'liq asoslarimiz bor. Buning uchun oldingi yillardamamlakatimizda har tomonlama mustahkam zamin – poydevor tashkil qilingani hechkimga sir emas. Shu bilan birga, kutilayotgan turli qiyinchilik va to'siqlarniyengish uchun biz katta tajribaga egamiz. 

Mavjud bo'lgan to'siq vamuammolar haqida gapirganda, avvalo, tashqi tomondan paydo bo'layotgan omillar,ya'ni, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgani, dunyo bozorlaridavaziyat noaniq bo'lib qolayotgani, terrorizm va ekstremizm balosi toborakuchayib borayotganini va bunday og'ir muammolar jahondagi ko'pgina davlatlarboshiga katta bir savdo bo'lib, shu jumladan, bizning yelkamizga ham tushganiniko'rish, kuzatish qiyin emas. 

Bunday vaziyatga qaramasdan,bizning prognoz va hisob-kitobimiz shuni ko'rsatadiki, kirib kelayotgan2016-yilda iqtisodiyotimizning o'sish sur'atlari 7,8 foizga, aholining jonboshiga to'g'ri keladigan real daromadlari 9,5 foizga, ish haqi, pensiya,stipendiya va nafaqalarning miqdori turli manbalar hisobidan 15 foizga oshishikutilmoqda. 

Shuni ham ta'kidlash joizki,2016-yilda davlat byudjetida ilmu fan, ta'lim-tarbiya, sog'liqni saqlash,madaniyat, sport tarmoqlarini o'zida mujassam etgan ijtimoiy sohanirivojlantirishga sarflanadigan mablag'lar 2015-yilda o'zlashtirilganmablag'larga nisbatan ancha ko'proq bo'lib, davlat byudjeti umumiyxarajatlarining 59,1 foizini tashkil etadi. 

Kirib kelayotgan yilda barcha moliyaviymanbalar hisobidan iqtisodiyotimizga 17 milliard 310 million dollar miqdoridagikapital qo'yilmalar yo'naltirilib, ularning 23,5 foizini chet elinvestitsiyalari tashkil etadi. 

Bir so'z bilan aytganda, yangi –2016-yil ko'pgina ko'rsatkichlar bo'yicha yakuniga yetayotgan 2015-yilganisbatan kam bo'lmasdan, balki ko'p sohalarda undan ancha yuqori va ziyodabo'lishi mo'ljallanmoqda. 

2016-yilda umumiy qiymati 5milliard 500 million dollar bo'lgan 164 ta yirik ishlab chiqarish obyektidaqurilish ishlarini yakuniga yetkazish va ularni foydalanishga topshirish ko'zdatutilmoqda. 

Shular qatorida Tollimarjonissiqlik elektr stansiyasida har birining quvvati 450 megavatt bo'lgan ikkitabug'-gaz turbinasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida 150 megavatt quvvatgaega bo'lgan energiya bloki qurilishini nihoyasiga yetkazish, Olmaliq kon-metallurgiyakombinatida 70 ming tonna mis ishlab chiqaradigan metall eritish korxonasinibarpo etish kabi o'ta muhim loyihalar borligini ta'kidlash lozim. 

2016-yilda xitoylik sheriklaryordamida Qamchiq dovonini kesib o'tadigan 19 kilometrlik tunnel qurilishinitugatib, Farg'ona vodiysini butun O'zbekiston bilan bog'laydigan temir yo'lishga tushirilishi, shuningdek, "Toshkent – Samarqand" tezyurar temir yo'lqatnovining Buxorogacha yetib borishi belgilangan. 

Ayni vaqtda "Jeneral motors –O'zbekiston" aksiyadorlik jamiyatida "T-250" modelidagi yengil avtomobillarishlab chiqarishni o'zlashtirish, Muborak gazni qayta ishlash zavodida yillikquvvati 80 ming tonna bo'lgan oltingugurt granulalari tayyorlaydigan korxonanibarpo etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, zamonaviy traktorlar, yangirusumdagi mobil telefonlar, planshet komputerlari, noutbuklar, televizor vaxolodilniklar, konditsionerlar hamda boshqa maishiy elektr texnika buyumlari,keng turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqaradigan quvvatlar hamfoydalanishga topshiriladi. 

Kelgusi yilda "O'zbekiston havoyo'llari" milliy aviakompaniyasi "Boing-787" havo laynerlarining eng zamonaviyavlodiga mansub ikkita yangi samolyot bilan ta'minlanishi mamlakatimiz fuqaroaviatsiyasi rivojini yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qiladi. 

Bunday misollarni yana ko'plab keltirishmumkin. 

Mamlakatimizda yangi yilga"Sog'lom ona va bola yili" deb nom berganimizni el-yurtimiz katta mamnuniyatbilan kutib olgani va keng qo'llab-quvvatlayotgani, bu qaror zamirida mujassambo'lgan "Ona va bola sog'lom bo'lsa, oila baxtli, oila baxtli bo'lsa, jamiyatmustahkam bo'ladi" degan g'oya xalqimizning olijanob orzu-intilishlariganechog'liq hamohang ekanidan dalolat beradi. 

Qadrli vatandoshlarim! 

Barchangizni bag'rimga bosib, kiribkelayotgan yangi – 2016-yil bilan yana bir bor qizg'in tabriklayman. 

Mana shu hayajonli daqiqalardasiz, azizlarga qalbimning to'rida bo'lgan eng samimiy tilaklarimni izhoretaman: 

muhtaram faxriylarimizning umrlari uzoq bo'lsin, 

munis ayollarimizning chehrasidan tabassum arimasin, dilbarqizlarimiz yanada go'zal va chiroyli, baxtli-saodatli bo'lsin, 

yoshlarimizning baxtu iqbolini bersin. 

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo'lsin! 

Yangi yil barchamizga muborak bo'lsin! 

 

Islom Karimov, 

O'zbekistonRespublikasi Prezidenti

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali