Logo

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisi to'g'risida axborot

7749 17-Yanvar, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 105 Kb)


15-yanvardaO'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatniijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo'ljallanganiqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangankengaytirilgan majlisi bo'lib o'tdi.  


Majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma'ruza qildi. 
Davlatimiz rahbarining nutqida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davometayotganligiga qaramay, 2015-yilda iqtisodiy dasturning eng muhimyo'nalishlari va ustuvor vazifalari hamda chuqur tarkibiy o'zgartirishlar,xususiy mulk va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilishnita'minlash bo'yicha har tomonlama puxta Dasturning izchil va tizimli amalgaoshirilishi natijasida iqtisodiyot o'sishining barqaror va yuqori sur'atlarigahamda makroiqtisodiy muvozanatga erishilganligi qayd etildi. 

Nufuzli xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy markazlar tomonidanyuqori baholanayotgan yutuqlar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishistiqbollari butun jahonda "o'zbek modeli" sifatida e'tirof etilib, butanlangan rivojlanish strategiyasining yuqori samaradorligi va muvaffaqiyatiniyana bir bor tasdiqlagani alohida qayd etildi. Nufuzli Jahon iqtisodiy forumireytingiga muvofiq O'zbekiston 2014-2015-yillardagi rivojlanish yakunlari va2016-2017-yillarda iqtisodiy o'sish prognozlari bo'yicha dunyodagi eng tezrivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan. 

2015-yil yakunlari bo'yicha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8 foizga, 
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foizga, qishloq xo'jaligimahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizgaoshdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdoridaprofitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldo ta'minlandi.Inflatsiya darajasi prognoz ko'rsatkichlaridan oshmadi. 

Mulkchilik tarkibini tubdan o'zgartirish, davlatning iqtisodiyotdagiishtirokini qisqartirish, korporativ boshqaruvning prinsiplari vayondashuvlarini o'zgartirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar, keng ko'lamliishlar amalga oshirilmoqda. Barcha aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruvningzamonaviy namunaviy tuzilmasi joriy etildi. 

Xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning kafolatlarini kuchaytirish va ularningqonuniy huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini "yagonadarcha" tamoyili bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatadigan Yagona markazlarorqali tashkil etish va amalga oshirishni soddalashtirish va yengillashtirishbo'yicha normativ-huquqiy hujjatlarning turkumi qabul qilindi. Amalgaoshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznesning mamlakat yalpiichki mahsulotidagi ulushi 56,7 foizga yetdi yoki 2000-yil bilan taqqoslaganda1,8 baravar o'sdi. 

Tarkibiy o'zgartirishlar, tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologikjihatdan yangilash bo'yicha chora-tadbirlar va investitsiya loyihalarining faolamalga oshirilishi, shuningdek, zamonaviy infratuzilmaning shakllantirilishi15,8 milliard AQSh dollari miqdorida yoki 2014-yildagiga qaraganda 9,5 foizko'p investitsiyalar o'zlashtirilishini ta'minladi. Bunda barchainvestitsiyalarning 3,3 milliard dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig'inixorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 73 foizi to'g'ridan-to'g'ri chetel investitsiyalaridir. Yuqori texnologiyali tayyor mahsulotlar ishlabchiqarishga yo'naltirilgan tarmoqlar jadal rivojlanishga ega bo'ldi. 158 tayirik ishlab chiqarish obyekti foydalanishga topshirildi. 

Agrar sektorda chuqur tarkibiy o'zgartirishlar yuz bermoqda. Mo'l hosil – 7million 500 ming tonnadan ziyod g'alla va 3 million 350 ming tonnadan ortiqpaxta xomashyosi yetishtirildi va yig'ib olindi. Meva-sabzavotchilik,bog'dorchilik, uzumchilik va chorvachilik, shuningdek, ularning mahsulotlarinisanoat yo'li bilan qayta ishlash jadal sur'atlarda rivojlanmoqda. 

Xizmat ko'rsatish va servis sohasining jadal rivojlanishi ta'minlandi. Pullikxizmatlar hajmi 10,8 foizga, chakana tovar aylanmasi 15 foizdan ziyodga o'sdi.Yalpi ichki mahsulotda xizmatlar sohasi ulushi 2010-yildagi 49 foiz o'rniga54,5 foizga yetdi. 

Bank tizimini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuvi darajasinioshirish va investitsiya faolligini kengaytirish ta'minlandi. Bank tiziminingumumiy kapitali 2014-yilga nisbatan 23,3 foizga ko'paydi va 7,8 trillion so'mgayetdi. 

Iqtisodiyotning va xizmatlar sohasining barqaror yuqori o'sish sur'atlari aholidaromadlarini, insonlar turmush darajasi va sifatini oshirish uchun mustahkamasos yaratdi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya vastipendiyalar miqdori 21,9 foizga, aholi jon boshiga jami real daromadlar esa9,6 foizga oshdi. Tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar ulushi 2010-yildagi 47,1foizga qaraganda 52 foizga oshdi. 980 mingtadan ortiq ish o'rinlari tashkiletildi, ulardan 60 foizdan ziyodi qishloq joylardadir, kasb-hunarkollejlarining 480 mingdan ortiq bitiruvchilari ishga joylashtirildi. 

"Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturining barcha tadbirlarini amalgaoshirish ta'minlandi. Davlat dasturi tadbirlarini moliyalashtirishga barchamanbalar hisobidan 2 trillion 246 milliard so'm va 225 million dollardan ortiqmablag' yo'naltirildi. 

Mamlakatimiz Prezidenti o'z ma'ruzasida mavjud hal etilmagan muammolarnibatafsil va har tomonlama tahlil qilishga alohida e'tiborni qaratdi hamdaislohotlarni davom ettirish, tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish vaiqtisodiyotni diversifikatsiyalashning dasturiy vazifalariga, shuningdek, uning2016-yilda eng muhim ustuvor yo'nalishlariga batafsil to'xtalib o'tdi. 

Hukumat, vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchihokimiyat organlari rahbarlari oldiga boshlab yuborilgan tizimli demokratikislohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash, eng avvalo, sanoatda va qishloqxo'jaligida chuqur tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirishni davomettirishga, makroiqtisodiy muvozanatni ta'minlashga, xususiy mulk, tadbirkorlikva kichik biznesni ildam rivojlantirish va manfaatini himoyalashga,muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini, ijtimoiy sohanijadal rivojlantirishga, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirishgayo'naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishyuzasidan aniq vazifalar qo'yildi. 

Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchikorxonalarni qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish, kichik biznes subyektlari vafermer xo'jaliklarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag'batlantirishbo'yicha aniq vazifalar belgilandi. Iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiyatexnologiyalarini keng joriy etish hamda "Elektron hukumat" tizimini yaratishnitubdan tezlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar kompleksi belgilandi. 

Davlat, xo'jalik boshqaruvi va joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarininge'tibori iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, investitsiyalar kiritish vaobyektlarni ishga tushirishning joriy yilga belgilangan prognozko'rsatkichlariga so'zsiz erishish uchun barcha mavjud imkoniyatlar vazaxiralarni ishga tushirish, shuningdek, ishlab chiqarishni uzluksiz texnologikyangilash, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini muvozanatli hamda kompleksrivojlantirish zarurligiga qaratildi. 

Bu yil Sog'lom ona va bola yili deb e'lon qilinganligi munosabati bilanushbu yil uchun mo'ljallangan maqsadlar va vazifalarga erishish bo'yichadasturiy chora-tadbirlarni, shu jumladan, oila, onalik va bolalikni muhofazaqilish tizimini kuchaytirish, perinatal va skrining markazlari, patronajxizmatlarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash,yosh onalar va bolalarni parvarish qilish darajasi va sifatini oshirish,oilalarda sog'lom ma'naviy muhitni yaratish chora-tadbirlari amalgaoshirilishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi. 

Majlisda Bosh vazir o'rinbosarlari, vazirliklar, idoralar, xo'jalikbirlashmalari rahbarlari hamda viloyatlar hokimlarining hisoboti eshitildi.Muhokama qilish yakunlari bo'yicha 2016-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirish dasturining eng muhim yo'nalishlari va ustuvor vazifalari amalgaoshirilishini ta'minlashga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan respublikaHukumati qarori qabul qilindi. 

O'zA 

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali