Logo

O'zavtoyo'l DAKning xodimlari Belgiya va Niderlandiya davlatlarida yo'l ob'ektlarida tajriba almashish bo'yicha xizmat safarida bo'ldilar.

10339 30-Dekabr, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 2684 Kb)


Joriy yilning 6-12 dekabr kunlari avtomobil yo'llarini qurish, ta'mirlash va loyihalashda rivojlangan Yevropa davlatlari bilan tajriba almashish hamda Belgiya va Niderlandiya davlatlarining yo'l ob'ektlari bilan tanishish maqsadida O'zavtoyo'l DAK tizimidagi korxona va tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiya xizmat safarida bo'ldi.



Xizmat safarining birinchi kunida belgilangan dastur asosida, "Yevropa ittifoqi yo'llar federatsiyasi" ofisiga tashrif buyurildi va federatsiya rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida "Yevropa ittifoqi yo'llar federatsiyasi" direktori K.Nikodemning federatsiya tarixi, tuzilish, vazifalari va hozirgi kundagi olib borayotgan ishlari to'g'risidagi ma'ruzasi tinglandi.

Belgiyada avtomobil yo'llarini qurishni o'rganish bo'yicha markaz bosh direktori K. Van Rutenning avtomobil yo'llarini qurishishlarini tashkil qilish va amalga oshirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar to'g'risidagi ma'ruzasi tinglandi.

Uchrashuv doirasida O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi va "Yevropa ittifoqi yo'llari federatsiya"si rahbarlari va xodimlari bilan o'zaro fikr almashildi. Uchrashuv yuqori kayfiyatda o'tib, tomonlarda yaxshi taasurot qoldirdi.

Belgilangan dastur doirasida Niderlandiya davlati hududida faoliyat yurituvchi SGN INTRON V.V. kompaiiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Niderlandiya davlati hududida faoliyat yurituvchi SGN INTRON V.V. kompaniyasi asosan yo'l qurilishiga xizmat ko'rsatuvchi kompaniya bo'lib, qurilayotgan yo'llar sifati, uzoq muddatga chidamliligini oshirishva yo'llardagi shovqin miqdorini kamaytirish borasida faoliyat yuritadi.


SGN INTRON V.V. kompaniyasi direktori R.Leppersning kompaniya faoliyati hamda amalga oshirayotgan ishlari to'g'risidagi ma'ruzasi tinglandi va kompaniya laboratoriyasida olib borilayotgan ishlar, qo'llanilayotgan yangi nano texnologiyalar va texnologik jarayonlar bilan tanishildi.

Bundan tashqari dastur doirasida Niderlandiya Atrof-muhit va infratuzilmalar vazirligining avtomobil yo'llarini qurish bo'limiga tashrif buyurildi. "RIJRWATERSTAAT" agentligining bosh maslahatchisi B.Aad Van Den bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.


Niderlandiyaning yo'l infratuzilmalari bilan bevosita tanishildi va avtomobil yo'llarida sirtqi ishlov berish bo'yicha olib borilayotgan ishlar jarayoni ko'zdan kechirildi. Tanishuv jarayonida yo'lga sirtqi ishlov berish jarayonida ishlatilayotgan texnika vositalari va boshqa texnologik jarayonlar bilan yaqindan tanishib, tajriba almashildi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali