Logo

Matbuot - xizmati

11-Noyabr, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 30 Kb)

Matbuot - xizmati

Turdiqulov Xushmurod Lapasovich

Matbuot kotibi

+998 71 207-67-68 (134)

+998 71 239-14-06

Toshkent shaxar 100000, Mustaqillik shox ko'chasi, 68A uy


Matbuot - xizmatining asosiy funksiya va vazifalari

  • qo'mita rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
  • qo'mita faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishini ta'minlash;
  • milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida qo'mita faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish;
  • qo'mita rasmiy veb-saytida qo'mita faoliyatiga daxldor axborot va yangiliklarni maqola, xabar va tahliliy materiallar shaklida yoritib borish, veb-saytdagi axborot resurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta'minlash;
  • qo'mitaga nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to'g'risida qo'mita rahbariyatini xabardor qilish.
  • Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo'lgan axborotlarni qo'mitaning boshqa bo'linmalari bilan o'zaro hamkorlikda to'plash va ishlash;
  • ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni (press-relizlar, byulletenlar, sharhlar va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatish;
  • qo'mita faoliyatiga doir masalalar bo'yicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda e'lon qilish, tele- va radioeshittirishlarni tashkil etish, tegishli sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish;
  • qo'mita rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferentsiyalari, brifinglari, intervyulari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish;
  • qo'mita faoliyatiga doir masalalar bo'yicha ijtimoiy fikrni hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o'rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish. Qo'mita rahbariyatiga axborot berish uchun e'lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlash;
  • ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma'lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun qo'mita faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma'lumotlar bankini tashkil etish;
  • qo'mita faoliyatini eng to'liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o'zaro hamkorlikni amalga oshirish;
  • internet tarmog'ida qo'mitaning veb-saytidagi axborotlarni tashkil etish va uni zamonaviy darajada yoritish.
  • Xizmat o'z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda ommaviy axborot vositalarining qo'mita faoliyati to'g'risidagi materiallarni tayyorlashda ko'maklashish to'g'risidagi buyurtmanomalari va so'rovlarini ko'rib chiqadi.

Nizomni yuklab olish (pdf, 224 kb)

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali