Logo

Qo'mita raisning o'rinbosari bosh-muxandis: O. Adilovning 2017 yilning 24 aprel kuni Milliy matbuot markazida o'tkazilgan matbuot anjumanidagi ma'ruzasi

6959 27-Aprel, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 16 Kb)

2017 yilning 24 aprel kuni Milliy matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun "Ravon avtomobil yo'llari – inson manfaatlarining muhim omili" mavzuida matbuot anjumani o'tkazildi. 

O'zbekiston avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining

ma'ruzasi

 Assalomu alaykum xurmatli anjuman qatnashchilari!

Bugungi kunda Respublika avtomobil yo'llarining umumiy uzunligi 184 ming km dan ko'proqni tashkil etadi. Jumladan:

 Umumfoydalanuvda bo'lgan avtomobil yo'llar tarmog'i - 42695km;

 Mintaqaviy avtomobil yo'llari (ichki xo'jalik avtomobil yo'llari, shaxar, shaxar tipidagi posyolkalar, qishloq va tuman markazlari ko'chalari)-116560km;

 Idoraviy inspektorlik yo'llari tarmog'i – 24750km ni tashkil etadi.

Respublikadagi umumiy foydalanishda bo'lgan avtomobil yo'llari tarmog'i o'z navbatida Xalqaro axamiyatdagi (3981km), davlat axamiyatidagi (14105km) va maxalliy axamiyatdagi avtomobil yo'llari (24609km) ga bo'linadilar.

Joriy yilning 14 fevral kuni xurmatli prezidentimiz tomonidan "Yo'l xo'jaligi boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni qabul qilingunga qadar respublikadagi mavjud avtomobil yo'llarini qurish va ta'mirlash ishlariga Respublika yo'l jamg'armasi hamda mahalliy xokimiyatlar tizimidagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari va tuman obodonlashtitrish boshqarmalari buyurtmachilik vazifasini amalga oshirib kelarganlar. Faqatgina umumiyfoydalanishdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlariga "O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi tashkilotlar buyurtmachi vazifasini bajarar edi.

Mintaqaviy avtomobil yo'llariga har bir tuman obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachi rolini bajarib o'z texnik siyosatini yuritar edi bunday buyurtmachilar soni respublika bo'yicha 198 tani tashkil etgan.

 Bu esa o'z navbatida loyihalashtirish, qurish va ta'mirlash ishlarida nomutanosib bo'lgan siyosatni yuritilishiga va o'z navbatida yo'llar sifati yomonlashishiga xamda uning narxlarining keskin farqlanishiga olib kelgan. Shuningdek ushbu korxonalarda yo'lsoz mutaxasislar yetishmovchiligi tizimni boshqarilishida salbiy ta'sir qilgan.

   Mazkur fanmonga qadar Respublikada 190 dan ortiq yo'l egalari bo'lib, bular tuman va shahar hokimlari, "O'zavtoyo'l" DAK va boshqa mutassadi idora va vazirliklardir.

   Loyiha-smeta hujjatlarini 70 dan ortiq loyiha tashkilotlari bajarib kelgan bo'lib, bularning aksar qismida yo'l sohasida tajribasi deyarli bo'lmagan.

Pudrat ishlarida 300 dan ortiq yo'l sohasida tajriba, salohiyatga ega bo'lmagan pudratchi tashkilotlar ish yuritganlar, bu esa to'g'ridan to'g'ri yo'l qurilish va ta'mirlash sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatib kelgan.

Avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish va uni samarali boshqarish tizimini yaratish xamda loyihalash va qurilish ishlarini sifatini oshirish shuningdek, to'laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida xurmatli Prezidentimiz tomonidan yo'l xo'jalik tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida farmon qabul qilindi.

   Bu farmonga asosan "O'zavtoyo'l" davlat aktsiyadorlik kompaniyasi negizida yangi O'zbekiston Respublikasi davlat avtomobil yo'llari qo'mitasi tashkil etildi.

   Ushbu farmonga asosan yo'l tizimida yagona texnik siyosatni yurituvchi organ bu avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi etib belgilandi. Qo'mitaning qoshida yagona buyurtmachi tizimi yaratilib Respublikada ta'mirlanayotgan hamda qurilayotgan yo'llarga yagona buyurtmachi tashkilot etib belgilandi.

Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llari hamda Mintaqaviy avtomobil yo'llarini qurish, rekonstrukitsiya qilish va ta'mirlash bo'yicha loyihachi tashkilotlar - "Yo'l loyiha byurosi" MChJ va "Boshtransloyiha" AJ belgilandi.

   Ushbu qo'mita endilikda Respublikadagi barcha avtomobil yo'llarini texnik siyosatini olib borib, uning texnik holatiga javob beradi. Bu esa o'z navbatida qurilayotgan yo'llarimiz sifati va holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatish bilan birga tizimni yangi bosqichlarga chiqilishiga yordam beradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (2009 yil 22 apreldagi "2009-2014 yillarda O'zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-1103 sonli hamda 21 dekabr 2012 yildagi "2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to'g'risida"gi PQ-1446) Qarorlariga asosan bugungi kunda O'zbekiston milliy avtomagistrali qurilishi davom etmoqda. Milliy magistralning umumiy uzunligi 2755 km ni tashkil etadi. 2017 yilda magistralning 181,7km qismi bitkazilib foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan.

2017 yilda umumfoydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish, qayta qurish va to'la ta'mirlash dasturi bo'yicha 2017 yilda 260 km yo'lda qurish va qayta qurish ishlari bajarilsa, 332 km yo'lda to'la ta'mirlash ishlari olib boriladi. Bu ish turlari uchun ja'mi 1334.0 mlrd so'm pul mablag'i ajratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevralidagi "2017-2018 yillarda mintaqaviy yo'llarni rivojlantirish dasturi to'g'risida"gi PQ 2775-son qaroriga asosan  ichki xo'jalik avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullar ko'chalarini to'la va joriy ta'mirlash Dasturi bo'yicha 2017 yilda 2700 km mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash va qurish rejalashtirilgan bo'lib, buning uchun 326,01 mlrd so'm ajratilgan. Bu respublikamizdagi 3853 ta ko'cha ta'mirlanadi degani. 2018 yilda esa 2750 km yullar ta'mirlanishi rejalashtirilgan.

Albatta yuqorida aytib o'tilgan ob'ektlarni qurish va ta'mirlashda eng avvalo yo'l sifatini oshirishga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Bularga ko'ra oldimizga qo'yilgan asosiy rejalar quyidagicha:

  • Ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar (asfaltobeton, tsementobeton, temir-beton maxsulotlari) va qurilish materiallarining sifatini oshirish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kapital ta'mirlash va bosqichma-bosqich yangilab borish;
  • Yo'l qurilish va ta'mirlash ishlarida bor texnikalarni ta'mirlab, zamonaviy yo'l qurilish texnikalarini xarid qilishni jadallashtirish;
  • Yo'l qurilish va ta'mirlash ishlari sifatini nazorat qilish maqsadida "Davarxitektnazorat" inspektsiyasi bilan birga, muqobil va mustaqil laboratoriyalarni jalb etib, sifat bo'yicha nazoratni kuchaytirish.

Shuningdek yo'l qurilishda sifat darajasini oshirish maqsadida yangi texnalogiyalar tayyorlanib sohaga tadbiq qilinmoqda, jumladan:

  • Avtomobil yo'llarining asoslari M-75 va M-200 markali bosib zichlanadigan betondan qurish bo'yicha tajriba sinovdan o'tkazilib, amaliyotga tadbiq etildi. Mazkur yo'nalishda tegishli me'yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi tomonidan tasdiqlandi.
  • Avtomobil yo'llarining ajratish mintaqalarida va baland ko'tarmalarda o'rnatiladigan temir-beton to'siqlar o'rniga mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan metall bar'er to'siqlar o'rnatilishi yo'lga qo'yilmoqda.
  • Avtomobil yo'llarini qurish, qayta qurish va ta'mirlashda yo'l qoplamalarini yoriqga chidamlilik va mustaxkamligini oshirish maqsadida geoto'rlar, geomembranalar va geotekstillardan foydalanish yo'lga qo'yildi.

2017 yilning birinchi choragida ham qo'mita tomonidan bir qancha ishlar bajarilib, foydalanishga topshirildi. Bugungi kunga qadar:

}  Investitsiya dasturi bo'yicha 59,7 mlrd. so'mlik rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi;

}   Kapital ta'mirlash dasturi bo'yicha 9,4 mlrd. so'mlik qurilish va ta'mirlash olib borildi;

}   Joriy ta'mirlash va saqlash ishlari bo'yicha esa 195,3 mlrd. so'mlik miqdoridagi ishlar bajarildi.

}  710 kilometrdan ortiq umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlab holati yaxshilandi.

}  1255,6 km mintaqaviy yo'llar ta'mirlandi.

 

Shuningdek ayni kunlarda qo'mita tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan Toshket shahridagi 23 ta ko'chada to'la ta'mirlash ishlarini olib bormoqdalar.

Jumladan Shukur Burxonov, Talabalar, Moyqurg'on va Muxbir ko'chalarida qurilish ishlari yakunlandi. Qolgan ko'chalarda ishlar davom etmoqda.

 

E'tiboringiz uchun raxmat.

  

 

Qo'mita raisning o'rinbosari bosh-muxandis:O. Adilovning ma'ruzasi


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali