Logo

"M-39" da ish qizg'in

567 5-May, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 119 Kb)


Ayni kunlarda yo'lsozlarning ishlari avj olgan. Sababi havo harorati ortishi bilan asfaltlash ishlariga kirishiladi. Ayniqsa, Dehqonobod tumani hududidan o'tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-39 – "Almata-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz" avtomobil yo'li yanada ravonlashib bormoqda.


Kuni kecha ushbu yo'lning 1258-1315 kilometrida Qashqadaryo yo'llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi tomonidan asfalt-beton yotqizish ishlari olib borildi. Ob'ektning 1299-1300 kilometr oralig'idagi 4400 m2. hudud to'liq asfalt-beton yotqizildi. 


Shuningdek, yo'lning o'ydim-chuqurchalari ham ta'mirlandi, yotiq yo'l chiziqlari chizildi hamda eskirgan yo'l belgilari o'rniga yangilari o'rnatildi. 

Ayni paytda mazkur yo'lda avtotransport qatnov xavfsizligi ta'minlandi. 

Bu ishlarga esa 20 nafar ishchi-xizmatchilar hamda 15 dona yo'l qurilish mashinalari jalb etildi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali