Logo

Katta hajmli va og'ir vaznli yuklarni tashishni tashkil qilish

13210 15-Oktyabr, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 16 Kb)

Katta hajmli va og'ir vaznli transport vositalarini aniqlash.

Katta hajmli va og'ir vaznli yuklar Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342 sonli Qarorining 2-ilovas"Katta o'lchamli va og'ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta'minlash qoidalari"ga asosan aniqlanadi.

Transport vositasi (yuk bilan yoki yuksiz) quyidagi o'lchamlarning birortasidan oshganda, katta o'lchamli xisoblanadi:

·        balandligi –4,0 metr;

·        eni  – 2,55 metr (refrijeratorlar va izometrik kuzovlar uchun – 2,6 metr);

·        uzunligi:

-         bir tirkamali yoki yarim tirkamali avtopoezdlar – 20 metr;

-         ikki tirkamalik (yoki undan ortiq)– 24 metr;

-         ortilgan yukning transport vositasiort tomonidan chiqib turishi – 2 metr.

 

 OG'IR YUKLI VA KATTA HAJMLI TRANSPORT VOSITALARINING O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING UMUMIY FOYDALANIShDAGI AVTOMOBIL YO'LLARI BO'YLAB YURIB O'TGANLIGI UChUN TO'LOV

1. Transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligiuchun to'lanadigan to'lov 1-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq belgilanadi.

1-jadval

Umumiy haqiqiy vaznning yo'l qo'yiladigan vaznga nisbatan ortiqchalik miqdori, t

Yuriladigan 1 km masofa uchun tarif, AQSh dollari

0 dan 5 gacha

5 dan 10 gacha

10 dan 15 gacha

15 dan 20 gacha

20 dan 25 gacha

25 dan 30 gacha

30 dan 35 gacha

35 dan 40 gacha

40 dan 45 gacha

45 dan 50 gacha

50 va undan yuqori

0,04

0,06

0,12

0,20

0,30

0,46

0,66

0,92

1,26

1,70

2,00



Og'ir yukli transport vositalarining avtomobil yo'llaridan o'tishida o'qqa tushadigan haqiqiy og'irlikning (Of) ruxsat berilganga (Od) nisbatan oshganligi uchun to'lovhar bir ortiqcha yuklangan o'q uchun 2-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq undiriladi.

2-jadval


G'ildirak o'qi haqiqiy yuklamasining yo'l qo'yiladigan yuklamaga nisbati (Of/Od)

Har bir o'qning yo'l qo'yiladigan yuklamadan ortiqcha yuklama bilan yurilgan masofa uchun tarif, AQSh dollari

1,01 dan 1,05 gacha

1,05 dan 1,10 gacha

1,10 dan 1,15 gacha

1,15 dan 1,20 gacha

1,20 dan 1,25 gacha

1,25 dan 1,30 gacha

1,30 dan 1,35 gacha

1,35 dan 1,40 gacha

1,40 dan 1,45 gacha

1,45 dan 1,50 gacha

1,50 dan 1,55 gacha

1,55 dan 1,60 gacha

1,60 dan 1,65 gacha

1,65 dan 1,70 gacha

1,70 dan 1,75 gacha

1,75 dan 1,80 gacha

1,80 dan 1,85 gacha

1,85 dan 1,90 gacha

1,90 dan 1,95 gacha

1,95 dan 2,00 gacha

2,00 va undan yuqori

0,11

0,12

0,28

0,36

0,42

0,50

0,60

0,70

0,82

0,96

1,10

1,28

1,46

1,70

1,90

2,16

2,44

2,76

3,08

3,46

4,00

2. Transport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun to'lov yurib o'tilgan 1 km yo'l uchun 0,15 AQSh dollari miqdorida undiriladi.

3. Og'ir yukli va yirik gabaritli transport vositalari o'tishi uchun arizalarni ko'rib chiqish, yo'nalishni kelishish va ruxsatnoma berish uchun to'lanadigan to'lovning miqdori yo'l organlari tomonidan quyidagi tarzda belgilanadi:

100 km ga qadar — 25 AQSh dollari

har bir keyingi kilometr uchun — 0,11 AQShdollari.

 


Katta hajmli va og'ir vaznli transport vositalarigaumumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llarida haraktlanishi uchun RUXSATNOMAGA ARIZA BERISH.

 

Katta hajmli va og'ir vaznli transportvositalariga umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llarida haraktlanishi uchun berilganruxsatnomalar ro'yhati.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali