Logo

Joriy yildagi yangilanayotgan yo'llar

477 23-Oktyabr, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 1617 Kb)


Joriy 2019-yilda qo'mita tizimidagi "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish direktsiyasi" DUK buyurtmachiligida – Respublikamizdagi talay yo'llar rekonstruktsiya qilinib, ta'mirlanmoqda. 

Bugungi kunda ish jarayoni ketayotgan ob'ektlar soni 202 tani tashkil etadi. Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz:

Qoraqalpog'iston Respublikasidagi A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 753-765 kilometrlari oralig'ida 3 km yo'l hamda ushbu avtomobil yo'lining 916-964 km qismidagi 5 km yo'l to'liq yangi asfalt bilan qoplanib, yo'l yoqasini mustahkamlash va jihozlash ishlari yakunlanmoqda.



Andijon viloyatidagi, harakat jadalligi sutka davomida o'rtacha 14 mingdan ortiq transport vositalarini tashkil qiluvchi A-373 "M-39 a/y-Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon va Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining 450-475 km qismini  rekonstruktsiya qilish ob'ektida yil boshidan buyon eni 22,5 metr, uzunligi 3 km yo'lga asfalt yotqizildi, yo'lning ikki cheti bo'ylab piyodalar yo'lakchasi, shuningdek, yo'lning o'ng tomonidan 3 km, chap tomonidan 2 km lik mahalliy ichki avtomobil yo'li qurildi.


Navoiy viloyatida umumiy foydalanishdagi 4R57 "Qizilqum halqa" avtomobil yo'lining 22-32 km oralig'ida Navoiy YQTUK bosh pudratchiligida rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi. Yo'lning eni 9 metrdan 15 metrga qadar kengaytirilib, o'tkir burilishlar bartaraf etildi. Bitta yangi ko'prik qurilib, 14 ta joyda soy suvlarini o'tkazish yo'l osti quvurlari yotqizildi.

Surxondaryo viloyatidagi "Termiz xalqaro aeroporti - Xayraton ko'prigi" avtomobil yo'lini rekonstruktsiya qilish ob'ektida 5 km yo'l qayta qurilib, zamonaviy holatga keltirildi.

Toshkent viloyatida esa A-373 "M-39 a/y-Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon va Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining 163-183 km qismini rekonstruktsiya qilish ob'ektida 7,3 km yo'l rekonstruktsiya qilinib, foydalanishga topshirish ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyatidagi 4N641 "M39 avtoyo'li-Sholikor DFXU" avtomobil yo'lining 0-6 km qismini rekonstruktsiya qilish ob'ektida 6 km yo'lga asfalt qoplamasi yotqizildi, harakat xavfsizligini ta'minlash uchun yo'lning har ikkala tarafiga birinchi toifali to'siqlar va 51 ta yo'l belgilari o'rnatildi. Natijada mazkur hududdagi aholini hamda bir sutka davomida o'rtacha 5 mingdan ortiq avtomobil qatnovida harakat xavfsizligi ta'minlandi.


Jizzax viloyati Zomin tumanidagi R34 "Jizzax–Ravot–Zomin–Savat- Xovos" avtomobil yo'lining  46,4¬–47 km qismida qurilish-montaj ishlari bajarildi.


Shuningdek, Buxoro viloyatida 2 ta rekonstruktsiya, 2 ta to'la ta'mirlash ob'ektlari, Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Namangan viloyatida esa 1 ta qayta qurish ob'ektlarida qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirish uchun tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali