Logo

IX Xalqaro sanoat yarmarkasi yakunlari bo'yicha 100 mlrd. so'mlikdan ortiq shartnomalar imzolandi

6406 10-Noyabr, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 72 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 martdagi "2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkillashtirish hamda o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 26 oktyabridan 5 noyabrgaqadar bo'lib o'tgan mazkur tadbirda "O'zavtoyo'l" AK tizimidagi korxona va tashkilotlar ham ishtirok etishdi.

Yarmarka doirasida "O'zavtoyo'l" AK tomonidan o'tkazilgan taqdimot marosimida kompyaniya tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish salohiyati, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlar ham ko'rsatiladigan xizmatlarning istiqbollari namoyish etildi.

IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi yakunlariga ko'ra kompaniya tizimidagi tashkilotlar hamda O'zbekistondagi ishlab chiqarish korxonalari o'rtasida mazkur korxonalarning yo'l qurilishi va saqlashda ishlatiladigan mahsulot va texnikalarini sotibolish bo'yicha 100 milliard so'mlikdan ziyod, shuningdek, "O'zavtoyo'l" tizimidagi korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish bo'yicha qiymati 12milliard so'mdan ortiq shartnomalar imzolandi. Bu o'tgan yilda imzolangan shartnomalarga nisbatan 112,4 foizni tashkil qiladi.

Kooperatsion birja doirasida sotib olinadigan, Respublikamizda ishlab chiqarilgan uskunalar, mashina mexanizmlar hamda materiallar - bir tomondan kompaniya tizimidagi korxonalarning moddiy bazasini mustahkamlashga xizmat qilsa, boshqa tomondan lozim bo'lgan bozor infratuzilmasini yaratib, mamlakatimizdagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlaro'rtasidagi uzoq muddatli o'zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga hissaqo'shadi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali