Logo

Ijtimoiy muammolar hal qilinmoqda

6802 17-Iyul, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 780 Kb)


"Qamchiqavtoyo'l" korxonasi jamoasi yo'l qurilishi va obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda ish sifati va unumdorligiga ta'sir qiladigan ijtimoiy masalalarga ham aloxida e'tibor qaratmoqda. 

35-sonli yo'l bo'limi yaqin kunlargacha korxonaning eng og'ir uchastkasi hisoblangan. Bo'limda xizmat qiluvchi 171 nafar ishchi-xizmatchilarning yashash va mehnat sharoiti o'ta og'irligi sababli rejadagi ishlar bajarilmay qolib ketardi. Korxonada buning hisobi olinib, ishchilar uchun yetarli sharoit va  imkoniyatarni yaratib berildi. Konteyner vagonlarda yashab kelayotgan ishchilar uchun zamon talablariga javob beradigan bino qisqa muddat ichida qurib bitkazildi. 



Bundan tashqari Vatanimiz mustaqilligining yigirma yetti yilligi arafasida uch qavatli mutlaqo yangi va zamonaviy yotoqxona binosi ham foydalanishga topshiriladi. 


Shuningdek, bo'lim ishchilarining moddiy ta'minoti, oilaviy sharoiti ham o'rganib chiqildi va yordam berilmoqda. Ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, ishchilarning oylik maoshlari 1,44 baravarga oshirildi. Ish bajarish jarayonini yengillashtirish maqsadida uzoq yo'nalishga qatnovchi 44 nafar ishchiga velosipedlar olib berildi.


1958-yilda quriligan, 10 gektar maydonda joylashgan "Yo'lchi" bolalar oromgohi ham ta'mirlandi. Hozir bu maskanda yo'lsozlarning 300 nafar farzandi yozgi dam olish ta'tillarini o'tkazmoqda.



Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali