Logo

Germaniya delegasiyalari bilan uchrashuvlar

7735 26-Noyabr, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 19 Kb)


"O'zavtoyo'l" AKda Germaniyaning qator kompaniyalari ishtirokida uchrashuv va muzokaralar bo'lib o'tdi. Ularda O'zbekiston hamda Germaniya Federativ Respublikasi o'rtasida avtomobil yo'llari qurilishi bo'yicha yo'lga qo'yilgan hamkorlik va uni samarali davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Germaniyaning O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxard Xyofer-Vissing hamda GFR iqtisodiyot va energetika Federal vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Bernxard Dux ishtirokida bo'lib o'tgan ushbu muzokaralarda ushbu mamlakatning "BOMAG GmbH", "AMMANN" kabi va boshqa kompaniyalari vakillari bilan kelgusida yo'lga qo'yilishi mumkin bo'lgan hamkorlik xususida so'z bordi.

Muzokaralar chog'ida O'zbekistonda mahalliy xomashyo va ishchi kuchi bazasida jahon andozalariga javob beradigan hamda O'zbekiston yo'l qurilishida ishlatiladigan ilg'or texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, asfaltbeton qorishmalari tayyorlashga yo'naltiriladigan, "BOMAG GmbH", "AMMANN" kompaniyalari  ishtirokidagi qo'shma korxonalar barpo etish, yo'lsozlik sohasiga investitsiyalar jalb etish masalalari muhokama qilindi.

O'z navbatida, nemis kompaniyalari mazkur taklif yuzasidan o'zlarining amaliy rejalarini yaqin vaqtda taqdim etishlarini ma'lum qilishdi.

Uchrashuvlarda tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo'yicha fikr almashildi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali