Logo

DUOBDA HAM KO'PRIK QURILISHI BOSHLANDI

760 27-May, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 447 Kb)


Xabaringiz bor, bir vaqtning o'zida Dehqonobod tumanining tog'li Boshchorbog', Chilgaz va Sarchashma MFY hududlariga eltuvchi yo'llar va ko'priklarni ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.


Kuni kecha Duob qishlog'i hududida ham qurilishi rejalashtirilgan ko'prikning dastlabki qurilish va montaj ishlari boshlab yuborildi.


Dasturga ko'ra, mazkur ko'prik qurilishi uchun davlat byudjetidan 3 milliard 178 million 300 ming so'm ajratilgan. 

Loyihaga asosan, ushbu ko'prikning uzunligi 18 metr, eni esa 7 metrni tashkil etadi. Unda bir tomonlama piyodalar yo'lakchasi ham tashkil etilmoqda.


Bu qishloq aholisi uchun ancha qulaylik yaratib, har qanday noqulay ob-havo sharoitida ham piyoda va transport vositalarining erkin harakatlanishga xizmat qiladi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali