Logo

Buxorolik yo'lsozlarning bayram sovg'asi

8488 12-Dekabr, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 87 Kb)


Joriy 2015 yilda Buxoro viloyatida xalqaro va davlat ahamiyatidagi 29,7 km yo'l qayta qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi ko'zda tutilgan bo'lib, bugungi kunda bu ishlar jadal sur'atda davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi "2015 yilda O'zbekiston Respublikasidagi Investitsiya dasturi to'g'risida"gi 2264-sonli Qarori ijrosi yuzasidan M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining viloyatning Qorako'l tumani hududidan o'tgan 311-321 hamda 336-346 kilometrlari oralig'idagi 19,7 km yo'l to'liq ta'mirlanib, rekonstruktsiya qilindi.

Bu ishlar "O'zavtoyo'l" DAK tizimiga kiruvchi Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor va Romitan tumanlari yo'l xo'jaligi pudrat-ta'mirlash foydalanish korxonalari tomonidan amalga oshirildi.

"Buxoroavtoyo'l" hududiy yo'llardan foydalanish tashkiloti rahbari Ahror Hasanovning bergan ma'lumotiga ko'ra, M-37 avtomobil yo'lining Kogon tumani hududidan o'tuvchi 188-198 kilometrlari oralig'idagi 10 kilometrlik ishlar yil oxiriga qolmasdan yakuniga yetadi.

Asosiy maqsad - avtomobil yo'llarining holatidan kelib chikib, yo'lning qatnov qismini yaxshilash, avtomobillar harakatini to'xtovsiz tashkil etish, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashdir.

Bu esa – yangi yil bayramini ko'ngildagidek hordiq bilan o'tkazmoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun yo'lsozlarning o'ziga xos sovg'asidir.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali