Logo

Bayram arafasida mukofotlangan yo'lsozlar

2746 29-Avgust, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 22 Kb)


O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligi munosabati bilan Prezidentning 2020-yil 28-avgustdagi Farmoniga ko'ra Avtomobil yo'llari qo'mitasida hamda tizimdagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan quyidagi yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar:

"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan transport xodimi" faxriy unvoni bilan

- Abduvaliev Abduraxman Abdulxaevich - O'zbekiston Respublikasi transport vazirining o'rinbosari – Avtomobil yo'llari qo'mitasi raisi

"Mehnat shuhrati" ordeni bilan

- Maxkamov Kamal Sharafovich - "Qashqadaryo ko'priklardan foydalanish" unitar korxonasi direktori, Qashqadaryo viloyati

- Soatov To'xtamish Karimovich - Sho'rchi tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi, Surxondaryo viloyati

"Do'stlik" ordeni bilan

- Bo'ronov Ulugbek Mannanovich - Zomin tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari, Jizzax viloyati

"Shuhrat" medali bilan

- Imamov Avaz Abdievich - Shofirkon tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi, Buxoro viloyati

Taqdirlanganlarni chin dildan qutlab, ularning Vatanimiz taraqqiyoti yo'lidagi faoliyatlarida yuksak zafarlar tilaymiz.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali