Logo

AVTOMOBIL YO'LLARI QO'MITASINING 2021 YILDAGI FAOLYATI TO'G'RISIDA HISOBOT

593 15-Aprel, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 18 Kb)

AVTOMOBIL YO'LLARI QO'MITASINING

2021 YILDAGI FAOLIYATI TO'G'RISIDA

HISOBOT

 

 

Umumiy ma'lumotlar

 

Nomlanishi:

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Tashkiliy-huquqiy shakli:

Muassasa 

Yuridik manzili:

O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68-uy. 

Faoliyat turi:

Avtomobil yo'llarini ekspluatatsiya qilish

 

Avtomobil yo'llari qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4954-son Farmoniga asosan Avtomobil yo'llari qurish va foydalanish davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi ("O'zavtoyo'l" DAK) negizida tashkil etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5647-son Farmoniga asosan O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi etib qayta nomlangan holda Transport vazirligi tarkibiga kiritilgan.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi avtomobil yo'llari sohasida maxsus vakolatli organ bo'lib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va ekspluatatsiya qilish bo'yicha ishlarning yagona buyurtmachisi hisoblanadi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Transport vazirligining qarorlariga hamda Avtomobil yo'llari qo'mitasi Nizomiga amal qiladi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi o'z vazifalari va funktsiyalarini amalga oshirishda davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasining o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 

Avtomobil yo'llari qo'mitasining
tashkiliy tuzilmasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi
"Yo'l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4545-sonli qarori bilan Avtomobil yo'llari qo'mitasining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan.

Avtomobil yo'llari qo'mitasining tashkiliy tuzilmasida:

– Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari bosh boshqarmalari;

– "Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmatlari" davlat unitar korxonalari;

– Tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonalari;

– Yo'llardan muntazam foydalanish unitar korxonalari;

– Ko'priklardan foydalanish unitar korxonalari;

– "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish direktsiyasi" davlat unitar korxonasi;

– "O'zyo'lbutlash" Respublika ta'minot boshqarmasi;

– "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasi;

– "O'zavtoyo'lbelgi" davlat unitar korxonasi va boshqa korxonalar mavjud. 

Avtomobil yo'llari qo'mitasi faoliyatining

2021 yildagi asosiy yo'nalishlari

Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan 2021 yil davomida quyidagi asosiy yo'nalishlarda ishlar olib borildi:

avtomobil yo'llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish;

avtomobil yo'llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish;

avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini tashkil etish hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;

avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash
va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;

xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;

avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish;

avtomobil yo'llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga
va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo'yicha yagona davlat siyosatini o'tkazish, avtomobil yo'llariga tutash hududlarni ko'kalamzorlashtirish tadbirlari o'tkazilishini tashkil etish;

avtomobil yo'llarini loyihalash sohasidagi normalar
va standartlarga rioya etilishini ta'minlash;

yo'l xo'jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 

2021 yilda amalga oshirilgan ishlar

Tasdiqlangan dasturlar va topshiriqlar ijrosini ta'minlash bo'yicha
2021 yil yakuni bilan 9 trln 695 mlrd so'm mablag' o'zlashtirildi hamda 20 561 km avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi va ta'mirlandi.

Jumladan:

1. Infratuzilmani rivojlantirish dasturi doirasida 2 trln 471 mlrd so'm miqdorida ishlar bajarilib, 421,5 km avtomobil yo'llari foydalanishga topshirildi;

2. Kapital ta'mirlash dasturi doirasida 491,7 mlrd so'm mablag' o'zlashtirilib, 120 km avtomobil yo'llari foydalanishga topshirildi;

3. Ichki yo'llarni ta'mirlash bo'yicha 3 trln 414 mlrd so'm miqdorida ishlar bajarilib, 16 682 km ichki yo'llar ta'mirlandi.

Shundan, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida 3 318,4 km ichki yo'llar 851,8 mlrd so'm miqdoridagi mablag'lar hisobiga to'liq ta'mirlandi.

4. Ta'mirtalab 328 dona (shundan 184 donasi ichki yo'llarda, 144 donasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida) ko'priklar rekonstruktsiya qilindi va ta'mirlandi.

5. Avtomobil yo'llarini texnik soz holatda saqlash maqsadida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash bo'yicha
2 trln 781 mlrd so'm ishlar bajarilib, 3 072 km avtomobil yo'llari joriy ta'mirlandi.

6. Shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari va shahar ko'chalarini ta'mirlash bo'yicha qo'shimcha ajratilgan 340,2 mlrd so'm mablag'lar o'zlashtirilib, 265 km shahar ko'chalari ta'mirlandi.

7. Korxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 272 dona yo'l texnikalari yo'l xo'jaligi korxonalariga yetkazib berildi hamda ushbu maqsadlar uchun ajratilgan 196,2 mlrd so'm miqdoridagi mablag' to'liq o'zlashtirildi (bundan tashqari Infratuzilmani rivojlantirish dasturi doirasida qo'shimcha 189 dona yo'l texnikalari xarid qilingan).

8. Bundan tashqari, 2021 yilda xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi 7 ta loyiha doirasida jami 146,4 mln dollar miqdoridagi mablag' o'zlashtirildi.

 

 

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali