Logo

Avtomobil yo'llari qo'mitasida yoshlar bilan ishlash

3423 6-Mart, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 1205 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan o'tkazilgan uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan, Avtomobil yo'llari qo'mitasida yoshlar bilan ishlash bo'yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, u izchillik bilan hayotga joriy etilmoqda.




O'tkazilgan tadbirlar soni va salmog'i ancha ulkan. Misol tarzida esa ¬– Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida bo'lib o'tgan ijodiy uchrashuv, Toshkent avtomobil yo'llari kollejida Germaniyaning "Papenburg" kompaniyasi direktorlar kengashi a'zosi Angela Papenburg xonim bilan rivojlangan davlatlarda o'qitilayotgan "DUAL" o'quv reja va dasturlari bo'yicha tashkil etilgan qiziqarli davra stoli, institut va kollej talabalarining talaba va o'quvchilarini – bevosita qo'mita tizimiga kiruvchi Qo'yliq ko'priklar, temir-beton  qurilmalar zavodi, "Avtoyo'ltransxizmat" unitar korxonasi kabi bir qancha korxonalarda mavjud yo'l qurilishi texnikalari va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtiriluvi, bo'lg'usi yo'lchilar ishtirokida poytaxtning Mirzo Ulug'bek tumani Asaka ko'chasidagi 1,2 km yo'lni asfaltlash ishlari amalga oshirilgani va boshqa qator amaliy tadbirlarni sanab o'tish mumkin.




27-yanvardan shu kunga qadar Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan jami 5 mingdan ziyod yoshlar bilan uchrashildi. Yoshlar ishtirokida 1,1 km tuproq yo'l – shag'al yo'lga aylantirildi, 1,2 km yo'lda asfaltlash ishlari bajarildi. Uchrashuv va yig'ilishlar yakunlarida eng faol yoshlarga qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.



Yoshlar bilan bog'liq tadbirlar shu kunlarda ham davom ettirilmoqda.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali