Logo

Avtomobil yo'llari qo'mitasida kengash faoliyat boshladi

450 1-Noyabr, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 9 Kb)

Mamlakatda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlash hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.


Xususan, nizolarni sudgacha ko'rib chiqishning yagona tizimini yaratish, mediatsiya, hakamlik sudlari hamda xalqaro arbitrajlarni fuqarolar hamda tadbirkorlarning ishonchiga sazovor bo'ladigan nizolarni hal etuvchi samarali muqobil institutlarga aylantirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Mazkur masalada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori muhim huquqiy asos bo'lganligini e'tirof etish lozim.

Avtomobil yo'llari qo'mitasining tegishli buyrug'i bilan jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o'rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo'yicha apellyatsiya kengashi faoliyati yo'lga qo'yildi.

Qarorga ko'ra, Apellyatsiya kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organi o'rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha ko'rib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal etish choralarini ko'rish;

murojaatni ko'rib chiqishda qonun hujjatida turlicha talqin etilishi mumkin bo'lgan normalar aniqlangan, u amaliyotda noto'g'ri yoki ziddiyatli tarzda qo'llanilgan taqdirda, ularni belgilangan tartibda rasmiy sharhlashni tashkillashtirish bo'yicha choralarni ko'rish;

murojaatni ko'rib chiqishda aniqlangan qonun hujjatlaridagi bo'shliqlarni bartaraf etish bo'yicha takliflar kiritish.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Axborot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali