Logo

"Avtomobil yo'llari ilmiy-tadqiqot instituti" unitar korxonasi

27-Fevral, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 13 Kb)

"Avtomobil yo'llari ilmiy-tadqiqot instituti" unitar korxonasi

Ismailov Otabek Tursunovich
Qabul kunlari: Payshanba soat 10:00-12:00

Toshkent sh 100167 Lokomativ kuch 68-A uy

(0 371) 255-08-31

(0 371) 255-08-31


"Avtomobil yo'llari ilmiy-tadqiqot instituti" unitar korxonasinig funksional vazifalari

-avtomobil yo'llari sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirishda ishtirok etish;

-avtomobil yo'llari tarmog'ini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiya va dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.

-avtomobil yo'llari sohasida ilmiy-tadqiqot, tajriba-sinov, loyihalash, muxandislik –qidiruv, geodeziya va ekspertiza ishlari o'tkazish;

-umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyixalash, qurish, rekonstrutsiya qilish, ta'mirlash va saqlashga oid ilmiy asoslangan texnik me'yorlarni ishlab chiqish;

-mablag'lardan foydalanish yo'nalishlarini asoslash maqsadida yo'l ishlarining turlari va tarkibi, avtomobil yo'llari qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash ishlarini prognozlashtirish;

-avtomobil yo'llarini hatlovdan o'tkazish, pasportlashtirish, yo'l kadastrini tuzish va yuritish;

-avtomobil yo'llari bilan bog'liq barcha ma'lumotlar bankini shakllantirish va yuritish;

-avtomobil yo'llari soxasida standartlash, sertifikatlashtirish va metrologiya ishlarini olib borish;

-qurilish materiallari va konstrutsiyalari bo'yicha izlanishlar olib borish, ishlab chiqarish va amaliyotga tadbiq etish;

-aerodromlar qurish va loyixalash bo'yicha xizmatlar ko'rsatish;

-avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayorlash va qayta tayorlash ishlarini amalga oshirishda qatnashish;

-yo'l xo'jaligi mutaxassislarini o'qitish, qayta o'qitish va malakasini oshirish;

-avtomobil yo'llarini qurish, ta'mirlash va saqlash masalalari bo'yicha xalqaro xamkorlikni kengaytirishda qatnashish.

Nizomni yuklab olish (pdf, 336 kb)


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali