Logo

"Amirsoy"ga olib boruvchi 4,5 kilometrlik yangi yo'l qurildi

814 11-Dekabr, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 948 Kb)


Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 sentyabrda qabul qilingan "Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Chimyon turistik zonasini xalqaro darajadagi tog'-chang'i kompleksini qurish orqali rivojlantirish to'g'risida"gi farmoyishida Avtomobil yo'llari qo'mitasi zimmasiga "Amirsoy" tog'-chang'i kurortiga olib boruvchi yangi avtomobil yo'lini qurish vazifasi yuklatilgan edi.



4 yarim kilometr uzunlikdagi mazkur yangi avtomobil yo'lini qurish ishlarini qisqa muddatlarda sifatli amalga oshirishga buyurtmachi sifatida – Toshkent viloyati "Mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmati" DUK, bosh pudrachi etib esa – Bo'stonliq tuman yo'llardan foydalanish korxonasi belgilangan, qurilish ishlari 2018 yilda boshlab yuborilgan edi.


Bugungi kunda mazkur ob'ektda 615 ming kubometrga yaqin hajmdagi tuproq ishlari, 36 ming kvadrat metrlik asfalt-beton qoplamasi, yo'lning xavfli joylarida quyma temir-beton tirgovich devorlar qurish, "Amirsoy" ustidan esa 56 pogonometr uzunlikdagi ko'prik va sun'iy inshootlar qurilishi va boshqa yo'l qurilish ishlari amalga oshirildi. 


Ayni damda yo'lsozlar tomonidan to'liq foydalanishga topshirilgan mazkur yangi avtomobil yo'li – yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlarning tog'-yon bag'irlarida maroqli hordiq chiqarib, bexatar va xavfsiz qatnashlari maqsadidagi o'ziga xos bayram sovg'asi bo'ldi.


Endigi vazifa – kelgusida yo'l qoplamasini buzilishlardan saqlash hamda yengil avtotransport vositalarining xavfsiz harakatini tashkil etish bo'lib hisoblanadi. Shu maqsadda yo'lsozlar tomonidan ushbu avtomobil yo'lida ruxsat etilmagan og'ir yuk ko'taruvchi avtotransport vositalari harakatini cheklash, qish mavsumida havo haroratining keskin sovushi va yog'ingarchiliklar miqdori oshishi natijasida yuzaga keladigan noqulayliklarni bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.


Qo'shimcha tarzda shuni aytish lozimki, Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan – keyingi yillarda "Tog'-chang'i kopmpleksi" investitsiya loyihasidagi birinchi va ikkinchi bosqichlarga kirgan hududlarni bog'lovchi, maxsus piyodalar zonasini o'z ichiga olgan avtomobil yo'lini ham qurish rejalashtirilgan.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali