Logo

"Qamchiq" davonida nazorat qilish punktlari ish boshladi

401 25-Dekabr, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 140 Kb)


    Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi "Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilishni joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida – transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish turg'un (statsionar) va ko'chma punktlarini qurish hamda jihozlash ishlarini amalga oshirish belgilangan edi.


    Avtomobil yo'llari qo'mitasi – A373 "M39 avtoyo'li - Guliston - Bo'ka - Angren - Qo'qon va Andijon orqali - O'sh" xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo'lining "Qamchiq" davonidagi 193- va 273-kilometlarida joylashgan og'ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlari – avtomobil yo'lidagi ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazilgandan so'ng yana o'z faoliyatini boshlaganini ma'lum qiladi. 

Avtomobil yo'llari qo'mitasi Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali