Logo

2019 yil yakuniga ko'ra Avtomobil yo'llari qo'mitasining asosiy faoliyat ko'rsatkichlari to'g'risida taxliliy MA'LUMOT

2432 24-Yanvar, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 162 Kb)


T/r Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatgichlar  O'lchov birligi   2018 yil amalda   2019 yil amalda  

O'tgan yilga nisbatan (%)

Bajarilgan ish xajmi, jami

mlrd.so'm 3531,2 4233,9 119,9
shu jumladan:
1 Investitsiya dasturi bo'yicha mlrd.so'm 686,5 1158,1 168,7
km 96,3 101,4 105,3
2 To'la ta'mirlash ishlari mlrd.so'm 392,2 415,8 105,7
km 82,7 86,7 104,8
3 Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash mlrd.so'm 909,6 1283,3 141,1
km 6485,1 7543,4 116,3
4 Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlari mlrd.so'm 1542,9 1376,7 89,2
km 3252,0 3350,0 103,0
5 Yangi ishjoylarini yaratish kishi 1366 373 27,3
6 Qora metall chiqindilarini topshirish tonna 15981,0 15003,0 94,0


Qo'mita tizimidagi korxona va tashkilotlar  2019 yil  davomida Investitsiya dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 1158,1 mlrd. so'mlik  qurish va rekonstruktsiya qilish  ishlari amalga  oshirildi. Ushbu ko'rsatkich 2018 yilning xuddi shu davriga nisbatan  168, 7 foizni tashkil etadi.

Bundan tashqari to'la ta'mirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 415, 8 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkich esa o'tgan yilga  nisbatan 105, 7 foizga oshgan.


2018-2019 yillar  yakuniga ko'ra asosiy faoliyat ko'rsatgichlarining taqqoslama diagrammasi



2019 yil yakuni bo'yicha Respublikamizdagi 7543,4 km mintaqaviy avtomobil yo'llari ta'mirlandi. Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 551,5 km, Andijonda 584,6km, Buxoroda 485,3 km, Jizzaxda 442,6 km,  Qashqadaryoda 588,5 km, Navoiyda 504,7 km, Namanganda 553,4 km, Samarqandda 609,2 km, Surxandaryoda 626,7 km, Sirdaryoda 437,5 km, Toshkent viloyatida 684,3 km, Farg'onada 540,4km, Xorazmda 642,7km hamda Toshkent shahrida 292,0 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida  ta'mirlash ishlari olib borildi. Mintaqaviy ichki yo'llar ta'miri hajmi esa o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan  116,3 foizni tashkil etadi.


2019 yil yakuniga ko'ra mintaqaviy avtomobil  yo'llarini ta'mirlash (xududlar kesimidagi diagramma)



2019 yil  davomida  Respublika bo'yicha  avtomobil yo'llarida  42695 km uzunlikdagi yo'llardan 3350,0 kmdan iborat qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu esa 2018 yilga  qaraganda 103,0 foizni tashkil etadi.

Tizim korxonlari tomonidan 2019 yilda 373 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2018 yilining mos ravishdagi tegishli davriga qaraganda 27,3 foizni tashkil etadi.

Korxonlar tomonidan qora metall chiqindilari topshirish ko'rsatkichi 2019 yilda   15003 tonnani  tashkil etadi. Bu  esa o'tgan yilga qaraganda 94,0 foizni tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda, Avtomobil  yo'llari qo'mitasining 2019 yilda    – umumiy bajarilgan ishlar xajmi – 4233,9 mlrd. so'mdan iborat.Bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan  119,9 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali