Logo

2015 yilda 111,6 km avtomobil yo'llari kapital ta'mirlanadi

6731 14-May, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 17 Kb)


2015 yil 1 mayda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro va davlat ahamiyatida bo'lgan umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini 2015 yilda to'la ta'mirlash Dasturi to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

Mazkur Qarorga asosan joriy yilda Respublikamizdagi jami 111,6 km avtomobil yo'llari va 1312,2 pm (pogon metr) ko'prik va yo'l o'tkazgichlar to'la (kapital) ta'mirlanib, foydalanishga topshirilishi belgilangan.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun Respublika yo'l jamg'armasi hisobidan 288,8 mlrd. so'm miqdoridagi pul mablag'lari yo'naltirilishi ko'zda tutilgan.Shuni aytib o'tish kerakki, ushbu qarorga muvofiq umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini to'la ta'mirlash yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash uchun bosh loyiha tashkiloti etib – "Yo'l-loyiha byurosi" MChJ belgilandi.

Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasiga esa "O'zavtoyo'l" Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi tizimidagi hamda boshqa yo'l qurilish pudrat korxonalari tomonidan malakali mehnat resurslarini jalb qilgan holda yil davomida zarur hollarda ishni 2-3 smenada tashkil etishni ta'minlash vazifasi yuklatildi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali