Logo

O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisining funktsional vazifalari

8810 Chop etish Yuklab olish (29 Kb)

  • O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda O'zbekiston Respublikasining amaldagi boshqa qonunchilik xujjatlariga asosida yo'l xo'jaligiga rahbarlik qiladi va uning faoliyatini tashkillashtiradi.
  • O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi quyidagilarga rahbarlik qiladi:
  • avtomobil yo'llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish;
  • avtomobil yo'llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • avtomobil yo'llari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
  • Qo'mita faoliyatiga tegishlilik yuzasidan tarmoqlarni rivojlantirish bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar, shuningdek boshqa hujjatlar loyihalarini ko'rib chiqish va kelishish;
  • fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning og'zaki va yozma murojaatlari o'z vaqtida va to'liq ko'rib chiqilishini ta'minlash, ular bo'yicha qarorlar qabul qilish va ariza beruvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda javoblar yuborish;
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar va boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
  • Qo'mita raisi:
  • Qo'mita faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Qo'mitaga yuklangan vazifalar va funktsiyalar samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
  • Qo'mita markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
  • Qo'mitaning markazi apparati hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmalari ta'minoti bo'yicha xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
  • markaziy apparat bo'linmalarining tuzilmasi va nizomlarini, Qo'mitaning hududiy organlari nizomlarini va idoraviy mansub tashkilotlarining ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
  • markaziy apparat tuzilmasiga, Qo'mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o'zgartirishlar kiritadi;
  • markaziy apparat xodimlarini, Qo'mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarini belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzadi, lavozimga tayinlaydi va mehnat shartnomalarini bekor qilib lavozimdan ozod qiladi;
  • Qo'mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha qarorlar qabul qiladi, raisning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari, Qo'mita markaziy apparatining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlari, vazifalari va javobgarligi darajasini belgilaydi;
  • markaziy apparat, Qo'mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari bajarishi majburiy bo'lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko'rsatmalar beradi;
  • markaziy apparat, Qo'mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari mol-mulkini qonun hujjatlariga belgilangan tartibda tasarruf etadi;
  • idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarni (ko'rsatmalarni) bekor qiladi;
  • alohida o'rnak ko'rsatgan xodimlarni belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etadi.
  • Qo'mita raisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga funktsional bo'ysinadi. 
  • Qo'mita raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. 
  • Qo'mita raisi sababli ravishda vaqtinchalik bo'lmagan taqdirda uning vazifasini qo'mita raisining birinchi o'rinbosari bajaradi. 
  • Qo'mita raisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi. 

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali