Logo

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha hisobotlar

2309 Chop etish Yuklab olish (8 Kb)

         Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar hisoboti

         Qo'mitaning 2020 yil 24 avgustdagi 144-sonli  buyrug'ibilan Avtomobil yo'llari qo'mitasining yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish yuzasidan mahsus ishchi guruh tarkibi hamda Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, reja ijrosini ta'minlash maqsadida "Avtomobil yo'llari qo'mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati", Avtomobil yo'llari qo'mitasi xodimlarining odob-axloq Qoidalari", "Avtomobil yo'llari qo'mitasi tizimida manfaatlar to'qnashuvini boshqarish to'g'risidagi Nizom" hamda "Avtomobil yo'llari Qo'mitasi tizimida budjet mablag'laridan samarali foydalanish va davlat xaridi bo'yicha tartib hamda doimiy monitoring olib borish Siyosati" ishlab chiqilib 2020 yil 28 sentabrdagi 176-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan.

           Shuningdek, Qo'mitada Qo'mita va tizimtash kilotlariga ishga qabul qilinayotgan xodim yuqorida sanab o'tilgan hujjatlar bilan to'liq tanishtirish va tanishganligi haqida xodimning imzosini olish,  hodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo'yicha majburiyatlar kiritish amaliyoti yo'lga qo'yildi. Bunda, tuzilgan mehnat shartnomalariga o'zgartirish kiritildi va yangidan tuziladigan mehnat shartnomalarida mazkur majburiyatlar aks ettirildi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali