Logo

Jamoatchilik kengashi

4149 Chop etish Yuklab olish (58 Kb)


                            O'zbekiston  Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi huzuridagi jamoatchilik kengashi to'g'risidagi

NIZOM

1-          bob. Umumiy qoidalar

1.      Mazkur Nizom (keyingi o'rinlarda Nizom deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi (keyingi o'rinlarda - qo'mita) xuzuridagi jamoatchilik kengashining (keyingi o'rinlarda - jamoatchilik kengashi) asosiy vazifalari, funktsiyalari, vakolatlaryni va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2.      Jamoatchilik kengashi o'z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.

3.      Jamoatchilik kengashi qo'mitaning markaziy apparati huzurida tashkil etiladi va uning faoliyati qo'mitanining barcha hududiy bo'linmalari hamda tasarrufidagi tashkilotlariga tatbiq etiladi.

4.      Jamoatchilik kengashi qo'mita raisining buyrug'i bilan tashkil etiladi.

5.       Jamoatchilik kengashining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.

6.      Jamoatchilik kengashi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

7.      Jamoatchilik kengashi to'g'risidagi nizom va unga kiritiladigan o'zgartishlar hamda qo'shimchalar qo'mita raisining buyrug'i bilan tasdiqlanadi.

2-      bob. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va majburiyatlari

8.      Quyidagilar jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:

qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini ta'minlash, qo'mita zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va  jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funktsiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini ko'rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro'yobga chiqarish bo'yicha qo'mita va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

birgalikda muloqot qilish, qo'mitaning nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta'minlash uchun qo'mitani fuqarolar bilan bog'lab turadigan "ko'prik" rolini bajarish;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan qo'mitaning faoliyati haqidagi jamoatchilg/k fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik so'rovlar o'tkazish, jumladan ularni axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'tkazish;

qo'mita faoliyatida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilgan ishlar ustidan motsitoring va tahlil o'tkazish, shuningdek, ularning natijalari bo'yicha takliflar tayyorlash;

qo'mita faoliyatining ochiqligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati to'g'risida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

qo'mita faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o'rganish va ularni yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

qo'mita faoliyati bo'yicha fuqarolar o'rtasida o'tkaziladigan tushuntirish ishlari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

qo'mita xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko'rsatish sharoitlaryni, shuningdek, ishdan bo'shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish bo'yicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari bo'yicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.

9.        Jamoatchilik kengashi o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

qo'mitaning faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda murojaatlarini ko'rib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha qo'mitaga tegishli takliflar kiritadi;

qo'mitaning fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o'zaro hamkorligini  tahlil qiladi, shuningdek, hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

qo'mita faoliyatiga taalluqli uning normativ-huquqiy hujjatlari va qarorlarini takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan takliflarni qo'mita xodimlari o'rtasida muhokama qilishga bag'ishlangan tadbirlarni tashkil etishda qatnashadi;

davlat dasturlari loyihalarini, tadbirlar rejalarini va qo'mita faoliyatiga, taalluqli, shu jumladan korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishda vakolatlari doirasida ishtirok etadi, bajarilgan ishlarning samaradorligini tahlil qiladi, shuningdek, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

qo'mita rahbarlari va xodimlarining fuqarolar bilan uchrashuvlarini, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko'rib chiqish bilan bog'liq ishlarni tashkil etishda, shu jumladan joylarga borib tashkil etishda qatnashadi, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring o'tkazadi;

qo'mita xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko'rsatish sharoitlarini yaxshilashda, shuningdek, ishdan bo'shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish muammolarini hal etishda ko'maklashadi;

xodimlar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalalari bo'yicha qo'mita xodimlari o'rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etadi;

qo'mita, uning xududiy bo'linmalarida va tasarrufidagi tashkilotlarida sog'lom ishchanlik muhitini rivojlantirish, qonuniylikni, yuksak huquqiy madaniyat va axloqiylikni ta'minlash, xodimlarda Vatanga sodiqlik ruhini va qonunlarga bo'lgan hurmatni kuchaytirish, ularni ijtimoiy, siyosiy, ruhiy va ma'naviy-ma'rifiy kamol toptirish, shuningdek, mazkur sohadagi ilmiy-ma'rifiy va o'kuv adabiyotlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;

mamlakatda va xorijda keng jamoatchilikni qo'mita faoliyatini isloh qilish bo'^icha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda xabardor qilishni ta'minlaydi hamda mavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

qo'mita faoliyatiga bag'ishlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil etishda ishtirok etadi;

qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo'yicha bajarilayotgan ishlarning natijalarini tahdil qiladi, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

o'ziga  yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.

10.        Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun:

qo'mita tomonidan tashkil etiladigan bo'lajak ochiq hay'at majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar to'g'risidagi axborotni oldindan olish hamda'-mazkur tadbirlarda ishtirok etish;

qo'mitaning, jumladan uning hududiy bo'linmalari va tasarrufidagi tashkilotlarining binolari (xonalari) va boshqa ob'ektlarini qonun xujjatlarida belgilangan tartibda borib ko'rish;

qo'mita, uning hududiy bo'linmalari va tasarrufidagi tashkilotlari rahbarlariga jamoatchilik kengashi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taqliflar kiritish;

qo'mita faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun zarur bo'lgan qo'mitaning axborotlari, statistika va boshqa materiallarini belgilangan tartibda olish;

qo'mitaning qonun ijodkorligi faoliyatida, qo'mita tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik va ekspertlar muhokamasini ta'minlashda ishtirok etish;

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga qo'mita tomonidan berilgan javoblarning sifatini tanlab olgan holda taxdil qilish;

qo'mita xodimlarining roziligi bilan ularning uy-joy, ijtimoiy- maishiy va xizmat shart-sharoitlari bilan tanishish;

jamo^tchilik kengashi majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo'yicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish; •

yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun konferentsiyalar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish huquqiga ega.

Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

11.     Jamoatchilik kengashi o'z faoliyatini amalga oshirishda:

jamo^tchilik nazorati to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishi;

qo'mita faoliyati bilan bog'liq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga amal qilishi;

qo'mita va uning mansabdor shaxslarining o'z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;

qo'mitd va uning mansabdor shaxslari faoliyat ko'rsatishi uchun to'sqinlik qilmasligi;

fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo'l qo'ymasligi;

jamoatchilik nazoratini amalga oshirish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan bo'lsa, maxfiyligiga rioya qilishi shart.

Jamoatchilik kengashining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.


                                4-bob. Yakunlovchi qoidalar

32.       Jamoatchilik kengashining faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta'minlash qo'mita tomonidan, shuningdek, qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

33.       Jamoatchilik kengashining faoliyati uning nizomiga va O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ekanligi qo'mitaning|rahbari tomonidan nazorat qilinadi.

34.       Jamoatchilik kengashining va qo'mita raisining jamoatchilik kengashi faoliyati bilan bog'liq qarorlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.








 

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali