Logo

Hukumat portalining mobil versiyasi va mobil ilovalari

6371 Chop etish Yuklab olish (11 Kb)

O'zbekiston Respublikasi aholisiga va xalqaro jamoatchilikga O'zbekiston Respublikasining hukumati faoliyati, Respublikaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirayotgan islohotlarni axborot resurslari orqali yoritib borish maqsadida Hukumat portalining mobil versiyasida ishlab chiqildi.

Mobil versiya orqali:

- O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti;

- O'zbekiston Respublikasining davlat tuzilmasi;

- davlat, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy institutlar;

- davlat organlari va tashkilotlarning faoliyati, tuzilmasi, vazifasi, vakolatlari va bog'lanish uchun ma'lumotlari;

- yuridik va jismoniy shaxslarning davlat organlaridan ruxsatnomalar olish shartlari, blankalar va hujjatlar;

- axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ko'rsatilayotgan interaktiv davlat hizmatlari;

- davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati va rivojlanishi to'g'risida;

- davlat xokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda o'tkazilgan tadbirlar, anonslar, fotoarxivlar va mamlakatdagi boshqa muhim voqealar;

- boshqa barcha foydalanishi mumkin bo'lgan hujjatlar to'g'risida ma'lumotlarni olish mumkin.

Bundan tashqari, Hukumat portalining Android, iOS, WindowsPhone platformalarida mobil ilovalari ishlab chiqilgan va Internetda joylashtirilgan (Google Play, Windows Phone StoreApp Store)

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali