Logo

Qo'mita

66080 Chop etish Yuklab olish (127 Kb)

O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PF 4954-sonli "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi  Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ 2776-sonli "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatlarini tashkil etish to'g'risida"gi Qaroriga asosan tashkil topgan.

O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi etib qayta nomlangan holda Transport vazirligi tarkibiga o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi yo'l xo'jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019 yil 9 dekabrdagi PF-5890-son Farmoni hamda "Yo'l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4545-sonli qarorlari bilan O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi avtomobil yo'llari sohasidagi maxsus vakolatli organ bo'lib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va ekspluatatsiya qilish bo'yicha ishlarning yagona buyurtmachisi hisoblanadi.

Qo'mita zimmasiga "Avtomobil yo'llari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan vazifalar bilan bir qatorda quyidagilar bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklatildi:

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari tarmog'ini tegishli holatda saqlash va rivojlantirish, ularning o'tkazish qobiliyatini oshirish, avtomobil yo'llari foydalanuvchilariga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, yo'l va yo'l bo'yi servisi ob'ektlarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida, shuningdek, donorlar mablag'larini jalb qilgan holda yo'l qurilishi sohasida loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish;

tarmoqqa investitsiyalarni, eng avvalo to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishning muqobil manbalarini, shu jumladan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish orqali izlash;

zamonaviy menejment tizimlarini, ilg'or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlarga muvofiq ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish orqali tarmoqni boshqarishni takomillashtirish;

yo'l qurilishi, yo'l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruktsiyalar ishlab chiqarish sohasini texnik tartibga solishda normativ hujjatlar va talablarga rioya etilishini ta'minlash;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarining ajratilgan mintaqalarida yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni belgilangan tartibda tashkil etish;

transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy raqamli avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 maydagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil yo'llari qo'mitasi Nizomiga muvofiq quyidagilar Qo'mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

avtomobil yo'llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish;

avtomobil yo'llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish;

avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini tashkil etish hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;

avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;

xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;

avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish;

avtomobil yo'llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo'yicha yagona davlat siyosatini o'tkazish, avtomobil yo'llariga tutash hududlarni ko'kalamzorlashtirish tadbirlari o'tkazilishini tashkil etish;

avtomobil yo'llarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta'minlash;

yo'l xo'jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali