Yangiliklar
Polsha Seymi delegatsiyasi bilan uchrashuv

2015-yilning 30-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Polsha Respublikasi Parlamenti Seymining spikeri o'rinbosari Yeji Venderlix boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Batafsil...Kadrlar tayyorlash bo'yicha qo'shma qaror imzolandi

"O'zavtoyo'l" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi O'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi markazi bilan birgalikda, kollejlarni bitirayotgan yoshlarni ish bilan ta'minlash, O'zbek milliy avtomagistralini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish hamda respublikaning yo'l-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishda kichik mutaxassislarga bo'lgan talabni yanada qondirish maqsadida Qo'shma qarorga imzo chekildi.
Batafsil...Iqtisodiy salohiyatimiz ko'zgusi

"Xalq so'zi" gazetasining 2015 yil 18-iyun sonida "O'zavtoyo'l" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv raisi o'rinbosari Sh.Nazarovning "Iqtisodiy salohiyatimiz ko'zgusi" maqolasi e'lon qilindi. Unda o'tgan yillar davomida yo'lsozlik borasida amalga oshirilgan ishlar, sohada erishilgan natijalar hamda yaqin yillarda amalga oshiriladigan rejalar xususida so'z boradi.
Batafsil...Urganchdagi ko'chalar qayta qurildi
Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida yo'lsozlar tomonidan Xorazm viloyatining markazi Urganch shahridagi umumiy uzunligi 14,1 km ga teng bo'lgan 11 ta ko'cha qaytadan qurilib, shahar ahli uchun qo'shimcha qulaylik yaratildi.
Batafsil...Chimyonda dam oluvchilar uchun yo'lsozlar sovg'asi

Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi Chimyon tog'-chang'i kompleksiga olib boruvchi avtomobil yo'li ta'mirdan chiqarildi. Bu esa – yoz mavsumini ko'ngildagidek hordiq bilan o'tkazuvchi yurtdoshlarimiz uchun yo'lsozlarning o'ziga xos sovg'asidir.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" DAKda yangi tayinlash

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Alisher Amirov "O'zavtoyo'l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o'rinbosari – bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.
Batafsil...Samarqanddan Navoiygacha bo'lgan avtomobil yo'llari ta'mirlandi

Yaqin paytgacha Samarqand shahri orqali Navoiy, Buxoro yoki Urganchga avtomobilda yo'l olgan haydovchi va yo'lovchilar aynan Samarqand va Navoiy shaharlari o'rtasidagi avtomobil yo'lining sifatiga e'tiroz bildirishar, yo'l ahvoli haqli e'tirozlarga sabab bo'lardi. Bugungi kunda aynan shu yo'llar ta'mirlandi.
Batafsil...2015 yilda 111,6 km avtomobil yo'llari kapital ta'mirlanadi

2015 yil 1 mayda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro va davlat ahamiyatida bo'lgan umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini 2015 yilda to'la ta'mirlash Dasturi to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" DAK boshqaruvining 2015 yil 1-chorak yakunlari bo'yicha yig'ilishi

2015 yilning 2 may kuni "O'zavtoyo'l" DAK majlislar zalida kompaniya boshqaruvining 2015 yil 1-chorak yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tarkibidagi hududiy bo'linmalar, kompaniyaga bo'ysunuvchi sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni kompaniya boshqaruv raisi A.Abduvaliev boshqardi.
Batafsil...Yo'lsozlarning "Umid nihollari" uchun sovg'asi

May oyida Urganch shahrida bo'lib o'tadigan "Umid nihollari-2015" Respublika sport musobaqalari o'tkaziladigan ob'ektlarga olib boruvchi ko'chalar to'liq ta'mirdan chiqarilib, yoshlar sport bayrami uchun taxt qilib qo'yilmoqda.
Batafsil...