Qo'mita yangiliklari
Yo'l xo'jaligi bo'yicha Farmon va Qaror qabul qilindi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yilning 9 dekabr kuni "O'zbekiston Respublikasi yo'l xo'jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5890-sonli Farmonga, shuningdek, "Yo'l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi 4545- sonli Qarorga imzo chekdi.
Batafsil...Qo'mita tomonidan brifing o'tkazildi

2019-yilning 21-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun "Mamlakatdagi yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda avtomobil yo'llari tarmog'ini takomillashtirish borasidagi ishlar" mavzuida brifing o'tkaziladi.
Batafsil...Joriy yildagi yangilanayotgan yo'llar

Joriy 2019-yilda qo'mita tizimidagi "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish direktsiyasi" DUK buyurtmachiligida – Respublikamizdagi talay yo'llar rekonstruktsiya qilinib, ta'mirlanmoqda.
Batafsil...Yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha vazifalar belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktyabr kuni yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Batafsil...Samarqand xalqaro aeroportining rekonstruksiyasi boshlandi

6-sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportining turargohi hamda uchish-qo'nish yo'lagini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi.
Batafsil...Yuksak mukofotlarga sazovor bo'lgan yo'lsozlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-avgustda imzolangan "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi Farmoniga binoan bir guruh yo'lsozlar ham davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo'lishdi. Jumladan,
Batafsil...Yangilangan Qo'qon yo'llari

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi "Xalqaro hunarmandchilik festivalini o'tkazish to'g'risida"gi qaroriga asosan Qo'qon shahrida o'tkaziladigan festivalga tayyorgarlik ko'rish maqsadida shahar hududidagi va shaharga olib keluvchi avtomobil yo'llarini ta'mirlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Batafsil...Qo'mita tomonidan brifing o'tkazildi

2019-yilning 5-avgust kuni Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun "O'zbekiston Respublikasida avtomobil yo'llari qurilishi va yo'l qoplamalari sifatini yaxshilash" mavzuida brifing o'tkazildi.
Batafsil...Buxoro viloyatidagi 3,5 km yo'l butkul yangilandi

Shu kunlarda yo'lsozlar tomonidan – qadim Buxoro shahridan aeroportga olib boradigan 3 yarim kilometrlik yo'l butunlay yangilanib, foydalanishga topshirildi.
Batafsil..."kun.uz" saytida e'lon qilingan maqolaga munosabat

2019-yilning 29-iyun kuni "kun.uz" saytida "Eski tramvay yo'llarini ta'mirlash uchun "Avtoyo'l" pul olgan, ammo ishlarni bajarmagan" nomli maqola e'lon qilindi. Maqolada Toshkent shahar hokimligi tomonidan o'tkazilgan matbuot anjumanida shahardagi eski tramvay yo'llari ta'miri bilan bog'liq savolga shahar hokimi "Albatta, tramvay yo'llarini ta'mirlash 3 yil ilgari "Avtoyo'l" tashkilotiga tegishli bo'lgan. Puli ham olingan, lekin hozirgi holatda qolib ketgan", - deya bayonot berilgan. Bundan tashqari maqolada mazkur yo'llarning bugungi kunda foydalanishga qabul qilinmaganligi hamda yuzaga kelgan ahvol uchun javobgarlik masalalari ham ko'tarilgan.
Batafsil...