Qo'mita yangiliklari
2015 yilda 111,6 km avtomobil yo'llari kapital ta'mirlanadi

2015 yil 1 mayda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro va davlat ahamiyatida bo'lgan umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini 2015 yilda to'la ta'mirlash Dasturi to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" DAK boshqaruvining 2015 yil 1-chorak yakunlari bo'yicha yig'ilishi

2015 yilning 2 may kuni "O'zavtoyo'l" DAK majlislar zalida kompaniya boshqaruvining 2015 yil 1-chorak yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tarkibidagi hududiy bo'linmalar, kompaniyaga bo'ysunuvchi sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni kompaniya boshqaruv raisi A.Abduvaliev boshqardi.
Batafsil...Yo'lsozlarning "Umid nihollari" uchun sovg'asi

May oyida Urganch shahrida bo'lib o'tadigan "Umid nihollari-2015" Respublika sport musobaqalari o'tkaziladigan ob'ektlarga olib boruvchi ko'chalar to'liq ta'mirdan chiqarilib, yoshlar sport bayrami uchun taxt qilib qo'yilmoqda.
Batafsil...Tadbirkorlar va manfaatdor xo'jalik yurituvchi sub'ektlar diqqatiga!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13martdagi 59-sonli "2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiyabirjasini tashkillashtirish hamda o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"giqarori ijrosi yuzasidan "O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi korxonalar joriy yilning29 aprel - 1 may kunlari "O'zekspomarkaz" MKM hududida o'tkaziladigan tarmoqsanoat yarmarkasida ishtirok etadi.
Batafsil...Respublika hududlaridagi yo'llar qurilishi va ta'miri bo'yicha mas'ullar belgilandi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2015 yilgi Investitsiya va ta'mirlash dasturlariga kiritilgan yo'l-qurilish ob'ektlarida yo'llar qurish dasturini so'zsiz bajarish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirish bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilish yakunlari bo'yicha bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" AKda Navro'z shodiyonalari
"O'zavtoyo'l" Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi majlislar zalida "Navro'z – bahor va bag'rikenglik bayrami" mavzuida madaniy-ma'rifiy bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Batafsil...