Qo'mita yangiliklari
"O'zavtoyo'l" AK Boshqaruvining 2015 yil yakunlari bo'yicha yig'ilishi
2016 yilning 20 yanvar kuni kompaniya Boshqaruvining 2015 yil yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni Boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.
Batafsil...O'zavtoyo'l DAKning xodimlari Belgiya va Niderlandiya davlatlarida yo'l ob'ektlarida tajriba almashish bo'yicha xizmat safarida bo'ldilar.

Joriy yilning 6-12 dekabr kunlari avtomobil yo'llarini qurish, ta'mirlash va loyihalashda rivojlangan Yevropa davlatlari bilan tajriba almashish hamda Belgiya va Niderlandiya davlatlarining yo'l ob'ektlari bilan tanishish maqsadida O'zavtoyo'l DAK tizimidagi korxona va tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiya xizmat safarida bo'ldi.
Batafsil...Buxorolik yo'lsozlarning bayram sovg'asi

Joriy 2015 yilda Buxoro viloyatida xalqaro va davlat ahamiyatidagi 29,7 km yo'l qayta qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi ko'zda tutilgan bo'lib, bugungi kunda bu ishlar jadal sur'atda davom etmoqda.
Batafsil...Germaniya delegasiyalari bilan uchrashuvlar

"O'zavtoyo'l" AKda Germaniyaning qator kompaniyalari ishtirokida uchrashuv va muzokaralar bo'lib o'tdi. Ularda O'zbekiston hamda Germaniya Federativ Respublikasi o'rtasida avtomobil yo'llari qurilishi bo'yicha yo'lga qo'yilgan hamkorlik va uni samarali davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil...IX Xalqaro sanoat yarmarkasi yakunlari bo'yicha 100 mlrd. so'mlikdan ortiq shartnomalar imzolandi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 martdagi "2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkillashtirish hamda o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 26 oktyabridan 5 noyabrgaqadar bo'lib o'tgan mazkur tadbirda "O'zavtoyo'l" AK tizimidagi korxona va tashkilotlar ham ishtirok etishdi.
Batafsil..."Wirtgen" kompaniyasi vakillari ishtirokida seminar

"O'zavtoyo'l" DAKda Germaniyaning "Wirtgen International GmbH" kompaniyasi vakillari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi. Mazkur seminardan ko'zlangan asosiy maqsad - avtomobil yo'llarini qurish va saqlash ishlarida qo'llaniladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar va uskunalar bilan tanishish hamda kompaniya tizimida mehnat qilayotgan yo'lsozlar va ularning nemis hamkasblari o'rtasida yo'lga qo'yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iboratdir.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" DAK boshqaruvining 2015 yil 9 oylik yakunlari bo'yicha yig'ilishi
2015 yilning 22 oktyabr kuni kompaniya boshqaruvining 2015 yil 9 oylik yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.
Batafsil...Yo'lsozlar giyohvandlikka qarshi

"O'zavtoyo'l" DAKda kompaniya hamda tizim tashkilotlari ishchi va xizmatchilari ishtirokida "Giyohvandlik - asr vabosi" mavzuida tadbir bo'lib o'tdi.
Batafsil...Jizzax viloyatidagi yo'llar tobora yaxshilanmoqda

Bugungi kunda yo'lingiz Jizzax tomonlarga tushsa, bu hududdagi avtomobil yo'llarining sifat jihatdan ancha yaxshilanganiga guvoh bo'lishingiz mumkin. Jumladan, 2015 yilning o'zida viloyatda xalqaro va davlat ahamiyatidagi 47 km yo'l qayta qurilishi, 12 km yo'l esa to'la ta'mirlanishi ko'zda tutilgan bo'lib, bugungi kunda bu ishlar jadal sur'atda davom etmoqda.
Batafsil..."SWARCO" korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

"O'zavtoyo'l" DAK rahbariyati bilan Avstriyaning "SWARCO" korporatsiyasi kuzatuv kengashi a'zolari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Batafsil...