Logo

YANGI ANDIJONDA YO'L QURILISh ISHLARI AVJIDA...

842 June 28, 2022 Print Download (PDF 254 Kb)


Xabaringiz bor, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan Andijon viloyati aholisining uy-joyga bo'lgan ehtiyojidan kelib chiqib, Andijon tumanidagi adirliklarda yangi shahar qurish tashabbusi ilgari surilib, tegishli tashkilotlar qatori yo'lsozlik sohasiga ham yo'l islohoti masalasida ko'rsatmalar berilgan edi.


"Yangi Andijon" shahriga olib boruvchi umumiy uzunligi 10,7 kilometr bo'lgan 4R-130 "Andijon halqa yo'li" avtomobil yo'lidagi qurilish ishlari Andijon avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi Andijon yo'llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi tomonidan olib borilmoqda.


Ayni kunlarda ob'ektda yo'l qurilish va ta'mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Ish samaradorligini oshirish maqsadida maxsus texnika vositalari yordamida bitum sepish hamda asfalt yotqizish ishlari keng ko'lamda sifatli bajarilmoqda.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Axborot xizmati


Interactive services

The Single Portal of interactive state services