Logo

Vazir, Hokim va Yoshlar uchrashuvi

June 23, 2021 Print Download (PDF 135 Kb)

Vazir, Hokim va Yoshlar uchrashuvi

Bugun 23 iyun kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumani yoshlari bilan Avtomobil yo'llari qo'mitasi raisi o'rinbosari v.b. Otanazar Jumanyazov hamda tuman hokimligi o'rtasida ochiq muloqot tarzida "Yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.


Uchrashuvni tuman hokimining yoshlar ishlari bo'yicha o'rinbosari ochib berdi.

Uchrashuvda rasmiyatchilik chetga surilib yoshlar bilan to'liq ochiq tarzda muloqot bo'lib o'tdi.

Shuningdek, tuman yoshlarining bugungi kundagi muammolari o'rganilib 5 nafar yoshlarga yo'lsozlar safida xalqimizga xizmat qiluvchi yo'llarni qurish ishlarida ham nafas bo'lib ishlash nasib etdi, ya'ni 5 nafar ishsiz yoshlar ish bilan taminlanib Boyovut tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasiga ishga olindi.


Shuningdek yoshlarning bugungi kundagi qiziqishlariga alohida e'tibor qaratilgan holda IT sohasiga qiziqish bildirgan 2 ta yoshlarni tuman markazida tashkil etilgan IT-o'quv markazida o'qishlari uchun to'lov mablag'lari to'liq qoplab berildi.

Bundan tashqari "Yoshlar bizning kelajagimiz yoshlarga alohida e'tibor qaratish lozimdir, ertaga mana shu yoshlar bizning ishimizda davomchisidir" – deb, ta'kidlab o'tdi O. Jumanyazov hamda yoshlarni kitobxonlikka qiziqishlarini oshirish maqsadida kitoblar jamlanmasidan iborat hamda boshqa estalik sovg'alari ulashildi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services