Logo

QONUNCHILIK PALATASIDA ESHITUV BO'LIB O'TDI

682 June 4, 2021 Print Download (PDF 25 Kb)


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo'mitasi tomonidan Energetika vazirligi, Avtomobil yo'llari qo'mitasi hamda Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi mutasaddi rahbarlarning "Sohada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko'tarilgan masalalarning hal etilayotganligi holati to'g'risida"gi axborotlari eshitildi.


Eshituvda Avtomobil yo'llari qo'mitasi raisi o'rinbosari Jamshid Tursunov sohaga oid masalalarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlarning yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil axborot berdi. Jumladan:

2021 yilning prognoz parametrlarida belgilangan dasturlar va topshiriqlar asosida joriy yilda 7 trln 177 mlrd so'm mablag' o'zlashtirilishi hisobiga 19 613 km avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilinadi va ta'mirlanadi. 

Shundan:

– Infratuzilmani rivojlantirish (Investitsiya) dasturi doirasida 2 trln 165 mlrd so'm mablag' o'zlashtiriladi;

– kapital ta'mirlash dasturi doirasida 353 mlrd so'm mablag' o'zlashtiriladi; 

– ichki yo'llarni ta'mirlash bo'yicha 2 trln 854 mlrd so'm miqdorida ishlar bajarilib, 7 794 ta mahalla fuqarolari yig'inida 16 804 km ichki yo'llar ta'mirlanadi (shundan, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari  doirasida 2 936 km ichki yo'llar 653,6 mlrd. so'm miqdoridagi mablag'lar hisobiga ta'mirlanadi); 

– umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash bo'yicha 1 trln 805 mlrd so'm miqdorida ishlar bajarilib, 2 614 km avtomobil yo'llari joriy ta'mirlanadi. 

Bundan tashqari, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi 7 ta loyiha doirasida jami 154 mln dollar miqdoridagi mablag' o'zlashtiriladi. 

Ta'kidlandiki, hozirgi kunda avtomobil yo'llarini qurish, ta'mirlash va saqlash ishlarida qo'llanilayotgan me'yoriy hujjatlar Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan "O'zstandart" agentligi va Qurilish vazirligi ishtirokida inventarizatsiya qilingan.

Avtomobil yo'llari sohasiga oid 458 ta me'yoriy hujjatlar mavjud bo'lib, shundan Avtomobil yo'llari qo'mitasi buyruqlari asosida 121 ta idoraviy qurilish normalari (IQN) amalga kiritilgan, 193 ta davlatlararo standartlar (GOST), 33 ta O'zbekiston davlat standartlari (O'zDSt), 11 ta shaharsozlik normalari va qoidalari (ShNQ) hamda 100 ta qurilishga oid xalqaro va davlatlararo standartlar va boshqa normativ hujjatlardan foydalanilmoqda. Oxirgi uch yilda 34 ta yangi tahrirdagi me'yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan bo'lsa, 87 ta me'yoriy hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi. Shuningdek, 72 ta xalqaro standartlar joriy qilingan.

2021 yilda Avtomobil yo'llari ilmiy tadqiqot instituti tomonidan jami 27 ta, shu jumladan 17 ta avtomobil yo'llari sohasiga oid me'yoriy hujjatlarni xalqaro standartlarga moslashtirish hamda 10 ta yangi me'yorlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Yuqorida qayd etilgan ishlarni tizimli davom ettirilishi Respublikamiz iqtisodiyotining qon tomiri bo'lgan – umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini yanada rivojlanishiga, xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo'llarining tranzit salohiyatini oshirib, hududlarni kompleks rivojlantirishga hamda aholi turmush darajasini oshirishga katta turtki bo'lib xizmat qiladi.

Eshituvda deputatlar sohaga oid mutasaddi rahbarlarga takliflar bilan birga o'zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va tavsiyalarini berdi.

Tadbir davomida muhokama etilgan masalalar yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati


Interactive services

The Single Portal of interactive state services