Logo

Qamchiq dovoni yo'llari ta'mirlanmoqda

691 May 6, 2021 Print Download (PDF 162 Kb)


Mutaxassislarning ta'kidlashicha, hozirgi kunda Qamchiq dovoni osha o'tiladigan yo'llarni ta'riflab o'tirishga hojat yo'q.


 Hatto, ushbu yo'llarga doimiy ravishda joylashtirilgan Avtomobil yo'llari qo'mitasi tarkibidagi "Qamchiqavtoyo'l" ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanishga mo'ljallangan birlashma (IYFUK) xizmat ko'rsatuvchi xizmat ko'rsatadigan dovon yo'llaridan tez-tez o'tib ketadigan qurilishning barcha yaxshi xususiyatlarini biladi .

Ta'kidlash joizki, keng va ravon yo'llar, zamonaviy magistrallar, eng so'nggi texnologik yutuqlarni o'zida mujassam etgan muhtasham ko'priklar, yerosti yo'llari infratuzilmaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bugun mamlakatimizdagi umumiy foydalanishdagi yo'llarning asosiy qismini asfalt-beton qoplamali zamonaviy yo'llar tashkil etadi. Ayniqsa, Qamchiq dovonidan o'tgan yo'l yo'lsozlarimizning jasorati va mahoratini namoyish etgan ulkan bir inshoot, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.


Keyingi tadbir Qamchiq dovoni yo'llariga bo'lgan qarash tubdan o'zgardi. Bugun dovondan o'tsangiz yo'llarning ravonligidan, tozaligidan bahri dilingiz yayraydi. Albatta, bu ishlar o'zo'zidan bo'layotgani yo'q. Bunda "Qamchiqavtoyo'l" IYFUK mutasaddi va ishchilarining xizmati beqiyos. Korxona ishchilari qishning qahratonida yoki yozning saratonida deysizmi hamisha sabot va matonat, hamjihatlik bilan ish olib borishadi.

Dovon yo'llarining har qarichi e'tibordan chetda qolmaydi. Qishning qorli, qirovli kunlari oqibatida muzlagan yo'llar sifatini yo'qotishi tabiiy. "Qamchiqavtoyo'l" IYFUK tomonidan esa mana shu sifat yo'qotilishiga yo'l qo'yilmaydi. Ta'mirtalab yo'llar doimiy ravishda yo'lsozlar tomonidan soz holatga keltiriladi. Ayni vaqtda ham Qamchiq dovonidagi yo'llarda "Qamchiqavtoyo'l" IYFUK yo'lsozlari tomonidan ta'mirlash va saqlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Har kuni yuz mingdan ortiq kishining uzog'i yaqin qilinib, o'n minglab tonna yuklar manziliga tez va bexatar yetib borishida korxona ishchilarining xizmati beqiyos.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services