Logo

MЕHNAT FAXRIYLARI E'ZOZDA

3294 May 8, 2021 Print Download (PDF 22 Kb)


Mamlakatimizda 9 may – Xotira va Qadrlash kuni hamda Ramazon hayiti kunlari umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.


Darhaqiqat, Mustaqil davlatning bayramlari ham xalq tabiati va an'analariga mos bo'lishi kerak. Chunki har bir xalq qanday yashashi, nimani qadrlashi, qaysi sanalarni tantana qilishini o'zi belgilaydi.

Avtomobil yo'llari qo'mita jamoasi tomonidan — Xotira va qadrlash hamda Ramazon hayiti bayram kunlari munosabati bilan yo'l xo'jaligi sohasi mehnat faxriylaridan xabar olindi.

Jumladan, uzoq yillar yo'l xo'jaligi sohasida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, yoshi ulug' olimlar hamda nafaqadagi nuroniy otaxon va onaxonlarning holidan xabar olinib, ko'ngillarini ko'tarishga harakat qildik.

Biz bunday xayrli ishlarni soha mehnat faxriylariga alohida e'tibor va ehtirom ko'rsatishning kichik namunasi, deb hisoblaymiz.

SAVOBLI ISHNI HAR KIM HAR KUNI QILISHI KERAK

Muqaddas Ramazon Hayiti bayramida yo'l xo'jaligi sohasiga uzoq yillar o'z hissasini qo'shgan mehnat faxriylari, nuroniylar holidan xabar olindi.

O'z navbatida nuroniy keksalarimiz Avtomobil yo'llari qo'mitasi rahbariyatiga, qo'mita kasaba uyushmasi a'zolari hamda yoshlar yetakchilari jamoasiga o'z minnatdorchiligini bildirishdi jumladan:

- Mirqosimov Mirahmat Mirhojievich

- Majidov Abduazim Hakimovich

- Azimboev Turg'unboy Abdumannopovich

- Rahimbekova Aqida Ashurovna

- Karimova Mahbuba Rahimovna

- Bagdasarov Armenak Yerevantovich

- Obidova Halima Salihovna

- Hidoyatov Sobit Xusanovich

- Qosimxodjaev Bahodir Qo'chqorovich

- Sokolov Vladislav Nikolaevich

Qo'mitada har yili qarilik gashtini surayotgan faxriylarning holidan xabar olish ezgu-an'anaga aylangan.

Tashrif davomida ustozlarimizning uzoq yillar mobaynida soha ravnaqi uchun qo'shgan hissalari e'tirof etildi. Ularga qo'mita jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirildi va esdalik sovg'alar topshirildi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services