Logo

Ichki yo'llar ravonlashmoqda

566 May 5, 2021 Print Download (PDF 176 Kb)


Bugungi kunda yurtimizdagi chekka –chekka qishloqlarda ham ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish borasida ko'plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.


Shular qatorida shahar, qishloq va ovullarning ichki xo'jalik yo'llarini kapital va joriy ta'mirlash bo'yicha Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan "Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturlari dasturi amal bo'lib xizmat qilmoqda.

Qashqadaryo yo'l qurilish ta'mirlash unitar korxonasi — Qarshi shahrining Mustaqillik mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi ichki yo'llarning 2,6 km qismida va "Qarshi SITI"ga kirish yo'lining 0,45 km.qismida hamda "Chaqar" mahalla fuqarolar yig'ini hududida uzunligi 0,3 km bo'lgan Paxtazor ko'chalarida asfaltobeton qoplamasi va suv qochirish lotoklarini o'rnatish ishlarni bajardi.


Qashqadaryo yo'llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi — Qarshi shahrining Islom Karimov va Nasaf ko'chalari kesishmasida 0,4 km.lik suv qochirish lotoklari o'rnatib, joriy ta'mirlash ishlari olib bordi. Shuningdek, MMKK-413 MChJ yo'lchilari Qarshi shahri Naqshab MFYda uzunligi 1,1 km bo'lgan Hazrati bashir ko'chasida yoritish chiroqlari, suv qochirish lotoklari va asfaltobeton qoplamasi yotqizib joriy ta'mirlash ishlarini amalga oshirdi.


O'z navbatida ko'p yillar o'nqur-cho'nqir bo'lib, aholining haqli e'tiroziga sabab bo'lib kelayotgan ushbu muammolar bugungi kunda o'z yechimini topayotganidan aholi juda mamnun bo'lmoqda.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi — bunday qurilish va montaj ishlarini jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirib kelmoqda va albatta bunday harakatlar amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli bo'lishiga xizmat qilmoqda.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

matbuot xizmati


Interactive services

The Single Portal of interactive state services