Ayni damda "Qamchiq" dovonidagi holat yuzasidan ...

Qor yog'i'ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to'xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta'minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo'l" IYFUK tomonidan yo'l qoplamasida sirpanchiq bo'lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida yo'l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni paytda, avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. Qor. Yo'llarda ko'rish darajasi 3000 metrni, havo harorati -10 darajani, shamol tezligi shimoldan g'arbga 3-8 m/s, namlik esa 79% ni tashkil etmoqda. "Qamchiqavtoyo'l" ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi "Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko'rishlarini tavsiya qiladi.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi
Axborot xizmati