Logo

Zarafshon daryosi ustidagi yangi ko'prik ishga tushdi

246 7-Noyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 18 Kb)


Shu kunlarda yo'lsozlar yana bir bunyodkorlik loyihasini amalga oshirishdi. Xalqaro ahamiyatdagi M39 "Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yo'lidagi – Zarafshon daryosi ustidan o'tgan yangi ko'prik foydalanishga topshirildi.

M-39 "Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yo'lining 1079-kilometrida joylashgan, "Zarafshon" daryosidan o'tgan eski ko'prik 1963 yilda qurilgan bo'lib, ikki polosali hamda 6,8 metrli qatnov qismidan iborat, avtomobil qatnovini ta'minlab berish imkoniga ega emas – uning har biri 22,16 metrdan iborat 30 dona oraliq qurilmalari (ya'ni balkalari) shikastlangan holatda edi.

Mazkur ko'prikni qayta qurish ishlari 2017 yil yanvarda boshlangan hamda Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tizimidagi "Samarqandko'prik" korxonasiga topshirilgan bo'lib, loyiha ishlari "Yo'l-loyiha byurosi" MChJ tomonidan amalga oshirilgan. 

Bugungi kunda mazkur qurilish ob'ektida avvalgi – uzunligi 134 metr, kengligi 6,5 metrli ko'prik o'rniga – 160 metr uzunlikdagi va qatnov qismi 10 metrdan iborat bo'lgan yangi ko'prik qurib bitkazildi. Yangi ko'prikda har birining uzunligi 22,16 metrdan iborat 36 ta balka o'rnatilib, uning qirg'oq bilan tutashgan kirish va chiqish qismlarida uzunligi 12 metr bo'lgan monolit plitalar barpo etildi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali