Logo

Yo'lsozlarning mafkuraviy immunitetini yanada mustahkamlash maqsadida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir

6318 11-Mart, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 333 Kb)


"O'zavtoyo'l"  AKda kompaniya tizimidagi tashkilotlarning ishchi va xizmatchilari ishtirokida ""XXI asr fitnasi" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

 Tadbirni "O'zavtoyo'l" AK Boshqaruvi raisi A.Abduvaliev ochib, tadbir ishtirokchilarini mavzu bilan tanishtirib o'tdi. Raislik qiluvchi, XXI asr texnik taraqqiyot, axborotlar globallashuvi, ulkan imkoniyatlar asri sifatida ta'kidlanadi, deb boshladi o'z so'zini, biroq, biz bilamizki, har qanday taraqqiyot tinchlik bor zamindagina bo'ladi. XXI asrda rivojlanish bilan bir qatorda, uning kushandasi hisoblangan bir qator illatlar ham avj ola boshladi, deb fikrini davom ettirdi u va bu illatlar orasida ayniqsa diniy ekstremizmning xavfiga alohida to'xtalib, dunyoning notinchlik hukm surayotgan aksar mamlakatlari aholisi aynan mana shu ofat tufayli aziyat chekayotganiga urg'u berib o'tdi. Kasallikni davolagandan, uni oldini olgan ma'qulligiga tayangan holda A.Abduvaliev, bu borada ogohlikning birinchi darajali masalaligini ta'kidladi.

Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek,  "Birinchi galda, terrorchilarni tayyorlaydigan zaminga, g'oyaga, mafkuraga e'tibor berish, shularga qarshi kurashish kerak. Fuqarolarimizning ongini va hayotini buzadigan, ertangi kuniga mutlaqo ishonchini yo'qotadigan mana shunday g'oyalarga qarshi biz qurol bilan emas, g'oya bilan kurashishimiz zarur". Buning uchun, tabiiyki mustahkam mafkuraviy immunitet talab qilinadi. Bunday immunitetni shakllantirish uchun, Respublikada ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog'lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar, ularni amalga oshirishda davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini yanada takomillashtirish davr talabiga aylanadi. Chunki, aholi o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini shakllantirish, yoshlar va ayollar ichida diniy mutaassiblikning tarqalishi, aqidaparast oqimlar ta'siriga tushib qolishning oldini olish mamlakat osoyishtaligini yanada barqarorlashtirishning asosiy masalalardan bo'lib qolmoqda.

 

Tadbirda yig'ilganlar uchun mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladigan "XXI asr fitnasi" va "Oydinda oy qidirgan ojizalar" deb nomlangan videofilmlar namoyish etilib, ularning syujeti, mazmun-mohiyati barchani o'ylantirib qo'ydi va film voqea-hodisalari yuzasidan o'zaro fikr-mulohazalar almashinildi.

"O'zavtoyo'l" DAK matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali